Finlandiyada mamlakat bo‘ylab logistika tarmog‘i bo‘lgan Limova
transport-logistika klasteri mavjud. Tegishli biznesning rivojlangan tizimining
mavjudligi (xizmat ko‘rsatish, konsalting va boshqalar) klaster ichida yangi
kompaniyalar yaratish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi va mavjud
kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirishi mumkin. Klaster bir-biridan
80 kilometr radius uzoqlikda joylashgan bir nechta fin kompaniyalari guruhi
atrofida shakllandi. Klaster quyidagi logistika korxonalarini birlashtiradi
–
AlfaRoc, EP-Logistics, LogiSec, Logmaster, Logistikas, Itella; transport
ekspeditorlik kompaniyalari
– Finavia, Innorail; konsalting kompaniyalari
Fidacom, Varova; sanoat
– Cargotec, Huurre; ilmiy-tadqiqot va ta’lim
tashkilotlari; davlat va ma’muriy muassasalar. Bosh kompaniya – TechVilla
Technology Center
– Hyvinkääda joylashgan.
Yaponiya klasterlarining o‘ziga xos xususiyati bu yirik, o‘rta va kichik
korxonalar o‘rtasidagi subpudrat munosabatlar tizimidir. Yaponiya klasteri
yetakchi kompaniya maqomiga ega bo‘lgan bitta yirik bosh kompaniyadan va
unga yaqin joyda joylashgan ikki yoki uch darajadagi subpudratchilardan
iborat. Shu bilan birga, birinchi darajali subpudratchilar bosh kompaniya bilan
uzoqmuddat
li shartnomalar bilan bog‘langan. Ikkinchi va keyingi darajadagi
yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar birinchi darajali subpudratchilar
tomonidan tartibga solinadi.[3]
Rossiyada transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi klaster
siyosati bir qator milliy va mintaqaviy strategiyalarda, rivojlanish dasturlarida,
xususan, 2020 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya Federatsiyasini uzoq
muddatli rivojlantirish konsepsiyasida, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda
Rossiyaning transport strategiyasida, amalga
oshirish bo‘yicha uslubiy
tavsiyalarda aks ettirilgan. Rossiya Federatsiyasining ta’sis obyektlarida
klaster siyosati. Rossiya temir yo‘llari multimodal transport-logistika
markazlaridan foydalangan holda klasterli yondashuvga asoslangan xalqaro
transport koridorlari faoliyatini tashkil etish metodikasini ishlab chiqdi.