Xorijiy investitsiyalar fanidan


 Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/42
tarix28.08.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#140873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Хорижий инвес

 
2.3. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar
Maqsadiga ko’ra xorijiy investitsiyalar bevosita va portfelь investitsiyalarga 
bo’linadi. 
Bevosita investitsiyalar
– bu kapitalning to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib, 
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda 
korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy 
investitsiyalar (BXI) asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi. 
Transkontinental kapital qo’yilmalar
- investitsiya kiritish uchun qulay bozor 
sharoiti bo’lgan boshqa bir davlat yoki qit’aga investitsiya eksportini amalga 
oshirishdir. Asosiy maqsad – bozorni egallash va shu kontinentda yangi ishlab 
chiqarishni tashkil etish. 
Transmilliy kapital qo’yilmalari
esa asosan qo’shni 
davlatlarga amalga oshiriladi.
Bevosita investitsiyalar ikki maqsadda yo’naltiriladi: 
·
yangi kompaniya tashkil etish
·
bankrot bo’lgan kompaniyalarni xarid qilish. 
Portfelь investitsiyalar
- shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad 
olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli 
qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning 
moliyaviy xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy 
portfelь investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar 
uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy 
muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy 
bo’limlari mablag’larning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli 
investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o’tkazadilar.



Moliyaviy derivativlar
– bozor narxiga ega bo’lib, uning sohibiga birlamchi 
qimmatli qog’ozlarni sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bularga optsionlar, 
fьyucherslar, varrantlar, svoplar kiradi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin