10
3.2.1.- chizma
Iqtisodiy mezonlar:
-tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xom ashyo
sarfini kamaytirish;
-zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan ishlab chiqarish
samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini
oshirish;
-O’zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga
ko’maklashish.
Ekologik mezonlar:
-atrof-muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga
ko’maklashish;
-tabiiy xom ashyo sarfini va ishlab chiqarish
chiqitlarini kamaytirish;
-xom ashyodan takroriy foydalanishga va tiklanayotgan tabiiy resurslardan
foydalanishga yo’naltirilgan texnologiyalarni joriy etish;
-atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish.
Ijtimoiy mezonlar:
-aholining ish bilan bandligining o’sishiga va haqiqiy
daromadlarining oshishiga
ko’maklashish;
-loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga
oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sog’lig’ini yaxshilash;
-aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini
oshirish.
Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy
mezonlarini qondirishi
shart emas, lekin ko’rsatib o’tilgan mezonlarga muvofiq
mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: