Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/42
tarix28.08.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#140873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Хорижий инвес

Moddiy investitsiyalar
tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzu-
uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. 
Aqliy (intellektual) investitsiyalar
miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular 
mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi 
investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. 
 
Инвестициялар 
Молиявий 
инвестициялар
Моддий 
инвестициялар
Ақлий 
(интеллектуал)
инвестициялар



Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor 
munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos 
tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi 
investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar 
belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 
Kapital investitsiya
jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror 
ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab 
chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. 
Innovatsiya investitsiyalar
jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi 
avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. 
Ijtimoiy investitsiyalar
jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab 
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa 
shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar 
ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko’rinishiga ham ega 
bo’ladi. Quyilish ob’ektiga, yo’naltirilayotgan sohalar va ularni ishlatishdan 
olinadigan natijalarga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin