Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/42
tarix28.08.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#140873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Хорижий инвес




 
 
XORIJIY INVESTITSIYALAR 
 
 
 
 
FANIDAN
 
Qisqacha konspekt 
 
 
 
 
1-mavzu. Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati (4 
soat) 
 
1.1. Investitsiya haqida tushuncha 
1.2. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi 
1.3.Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari 
1.4. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli 
1.5. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari 
 
O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan 
boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. 
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha, 
“investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy 
natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, 
paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar 
asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday 
boyliklardir”
1
.Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos 
kelishini to’laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning
o’ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, 
investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi 
ta’kidlab o’tilgan.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib 
«qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi. Keng 
ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni 
1
Ўзбекистон Республикасининг «Чет эл инвестициялари тўғрисида»ги Қонуни, 30.04.1998 й.



safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va 
boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda 
ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy 
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib 
daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya 
kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. 
 
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning 
tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital 
jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga 
joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda 
me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham 
xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag’bat yaratadi. Bozor 
talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, 
bu narx o’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni 
o’z mablag’i hisobidan ta’minlash imkonini cheklab ko’yadi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin