Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/42
tarix28.08.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#140873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Хорижий инвес

 
 
Investitsiya funktsiyasining grafigi 
 
 
Foiz stavkasi
r

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Investitsiya hajmi 
 
1.1.1-chizma



Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy 
sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat 
sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat 
manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining 
mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi. 
O’zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy 
yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1)
Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish. 
2)
Soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir 
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash. 
3)
Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash. 
4)
Monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash. 
5)
Kredit siyosati va narx siyosatini o’tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik 
qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash. 
6)
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar 
o’rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o’ziga 
xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish 
me’yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – chet ellik 
investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar 
(rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. 
Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga 
egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq. Iqtisodiy nuqtai 
nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko’pdan-ko’p 
qo’shimcha risklar bilan to’qnashish ehtimoliga ega bo’ladi.
Respublikada 
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini 
ko’zlaydi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan 
foydalanadi: 
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, 
qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob’ektlari bilan 
ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday 
shakldagi mulkni to’la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo 
shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, 
elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu 
xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, 
intellektual boyliklardir. 
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi 
O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «CHet ellik investorlar asosan 



daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi 
moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual 
mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday 
daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof 
etiladi».
1
 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQSHda 
chop etilgan tashqi savdo lug’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy 
investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, 
eksport kilingan investitsiyalar»
2

CHet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga 
moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko’rinishidagi muddatli qo’yilmalarning barcha 
shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: qo’shma 
korxonalarni tashkil qilishda o’z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga 
to’la tegishli bo’lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli 
qog’ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
O’zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun 
qulay investitsiya muhitini yaratish bo’yicha izchil chora-tadbirlar ishlab 
chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi: 
-iqtisodiy barqarorlik
-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so’mning to’lov 
qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish 
va ularni moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud: 
-investitsiya loyihalari bilan shug’ullanuvchi shaxslarni rag’batlantirish; 
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg’i, energetika majmualari bo’yicha 
investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish; 
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni
yangilash va yangilarini barpo etish bo’yicha intellektual investitsion loyihalarni 
amalga kiritilishi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin