34
hisoblanadi. Xalqaro kafolatlar xalqaro miqyosda tan olingan sub’ektlar
tomonidan
beriladi.
Xalqaro kafolatlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
To’g’ri kafolat - bu kafolat beruvchi tomonning bevosita eksport-import
operatsiyalari uchun beradigan kafolatidir. Bunda mazkur to’lov bo’yicha
majburiyatlarni to’liq o’z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to’lov
talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv bo’yicha
hisob-
kitoblarda keng qo’llaniladi.
Vositalashgan kafolatlarda kafolat beruvchi o’ziga xos tarzda vositachilik
vazifasini o’taydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi.
Tasdiqlangan kafolatlar berilgan kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon
bo’ladi. Masalan, bank o’z mijozi bo’lgan import qiluvchining to’lov majburiyatlari
bo’yicha kafolat bergan bo’lsa, eksport qiluvchining banki ham ushbu kafolatlar
bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga oladi. Bu esa mavjud kafolatlarni
tasdiqlash
yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro kafolatlarning yana quyidagi asosiy shakllari ham mavjud:
1.To’lov bo’yicha berilgan kafolatlar.
2.Sifatli mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha berilgan kafolatlar (jarima, qo’shimcha
xarajatlar).
Dostları ilə paylaş: