11.2.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiya muhitining roli Kichik biznes iqtisodiyotning shunday sektoridirki, u investitsiya muhitida yuz
berayotgan deyarli barcha o’zgarishlarga moslashadi. Kichik biznes nuqtai nazaridan
investitsiya muhitining jozibadorlik darajasini aniqlash uchun butun mamlakat va
mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni ko’rsatuvchi omillar, iqtisodiyotning bu
tarmog’iga investitsiyalar kiritish qonunlar va infratuzilmalar bilan qanchalik
ta’minlanganligi, mintaqada bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi, malakali
ishchi kuchining mavjudligi, shuningdek, mana shu va boshqa omillar bilan bog’liq
xatarlar bor yoki yo’qligi g’oyat muhimdir.
Xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy
omillar qoida tariqasida, investitsiyalar jalb etish jarayoniga ta’siri jihatidan ustunlik
qiladi. Investitsiyaviy muhit tahlilini tarmoqlar bo’yicha olib borish zarurligini
ko’rsatib o’tish kerak. CHunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli tarmoqlar uchun
o’ziga xos jihatlarga ega. Ba’zi hollarda bir tarmoqda ijobiy rol o’ynashi mumkin
bo’lgan omillar boshqa tarmoq uchun salbiy bo’ladi yoki agar muayyan tarmoq
uchun biron-bir ko’rsatkich yetarli darajada namoyon bo’lsa, shu ko’rsatkpchning
o’zi boshqa tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun mutlaqo kam bo’lishi
mumkin.
O’zbekistonda kichik tadbirkorlik uchun tarmoqlar bo’yicha investitsiya muhiti
alohida qiziqish tug’diradi. Kichik biznes uchun o’ziga xos ba’zi ko’rsatkichlar
sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
- kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi va
infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy ko’rsatkichi;
- egallab turgan bozor sektorlari bo’yicha (masalan, xizmatlar yoki savdo
sohasida) raqobatlashuvchi yirik firmalarning mavjudligi va rivojlanish darajasi;
- mahalliy bank tizimining rivojlanish darajasi va boshqa omillar.
Kichik korxonalar o’zlariga xos xususiyatlar tufayli investitsiya resurslarini jalb
etish uchun xizmat qiladigan ko’p sonli manbalarning ayrimlaridangina foydalana
oladilar. Masalan, shuni qayd etish kerakki, kichik tadbirkorlikdagi ichki moliyalash
manbalari tadbirkor o’zini o’zi investitsiyalashi uchun beradigan imkoniyatlar yirik
firmalarning imkoniyatlari darajasida emas. SHunga qaramay, bu manbalardan kichik
tadbirkorlikda foydalanish sezilarli samara berishga qodir bo’lib, jalb etish
samaradorligi jihatidan bir qancha afzalliklarga ega. SHunday qilib, investitsiya
resurslarini shakllantirishning qulay manbalari sonini ko’paytirish hamda mavjud
45
manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish hozirgi vaqtda, birinchi navbatda,
kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tuzilmalarining muhim
vazifasi bo’lib qolmoqda.