46
Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bog’liq ravishda kichik biznes sub’ektlari
quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin:
- 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish
tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni to’lashdan
ozod qilingan;
- 2012 yilning 1 yanvarigacha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan
mikrofirmalar va kichik korxonalarning yagona soliq to’lovi stavkasi 50 foizga
kamaytirildi va ularning chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari
bojxona
to’lovlaridan ozod qilingan;
- 2012 yil 1 yanvargacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda solig’i
va mulk
solig’i, yagona soliq to’lovlari va Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar
to’lashdan, shuningdek, ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import
qilishda bojxona to’lovlaridan ozod qilingan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning
iqtisodiy
rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o’sishidagi
roli yanada kuchayishi hamda YaIM, eksport va tarmoqlar hamda sohalarning ishlab
chiqarish ko’rsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: