42
oldingi bosqichni muddatini aniq belgilash juda murakkab bo’lib bu
loyihalashtirishga bog’lik bo’ladi.
Loyihalarni investitsiyalash jarayoni davomida korxona aktivlari ya’ni, o’z
mablag’lari shakllanib boradi. SHu bilan birga boshqa korxonalar bilan mahsulotlar
yetkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilib boradi, ishchi xizmatchilarni ishga
qabul qilish jarayoni boshlab yuboriladi
Investitsiyadan foydalanish jarayonida loyihaga quyilgan investitsiyadan kelgan
samaradorlik belgilanadi.
Bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-ishlab chiqarilgan mahsulotni sertifikatsiyalash;
-broker va diller aloqalarini tashkil qilish;
-loyihani iqtisodiy ko’rsatkichlari monitoringini o’tkazish.
Har qanday investitsiyani loyihalashtirish ma’lum bir darajadagi bilim va
ko’nikmalarni talab etadi. SHu o’rinda aytish joizki, har qanday investitsion loyihani
samaradorligini aniqlash uchun bu loyihani qanday fikr asosida tuzilganiga, uning
muddatiga, investitsiya miqdoriga va inflyatsiyaning darajasiga e’tiborni qaratish
lozim. Bu bilan biz investitsiya jarayonida uchraydigan bir qancha muammolarni
oldini olgan bo’lamiz.
Dostları ilə paylaş: