XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 208 - Mamlakatning asosiy ekinlari guruch hisoblanadi. Boshqa muhim fermer
xo'jaliklariga bug'doy, arpa, kartoshka, meva, sabzavot va choy kiradi. Hukumatning
qishloq xo'jaligi siyosati eng muhim tovarlar uchun o'z-o'zini ta'minlashga da'vat
qildi. Garchi bu maqsad faqat guruch va shirin kartoshka uchun erishilgan bo'lsada
(har ikkala tovarlar uchun ham mahalliy ishlab chiqarish zarur bo'lganidan kamroq
edi). Shunday qilib, aslida, mamlakat oziq-ovqat talablarining deyarli yarmi import
qilmoqda.
Yog’ochsozlik Yaponiya yog'och resurslari keng va bargli o'rmonlar mahsuli bo‘lib bo'lib,
ularning katta qismi tog'li hududlarda joylashgan. O'rmon maydonlarining aksariyati
xususiy mulk bo‘lib, nisbatan kichik foizda taqsimlangan. Qolgan qismi
ommalashgan daraxtzorlardir. Bu hududlarda Ikkinchi jahon urushidan avval va
Ikkinchi jahon urushida juda katta miqdordagi o'rmonlarni qayta tiklash ishlari
amalga oshirildi. Biroq, Yaponiya o'rmon sanoati deyarli rivojlana olmadi. Bu sifatli
darxtzorlarning yetishmasligi bilan bog'liq. Bu faoliyat ichki ishlov berish sohasi
yuqori rentabellikga ega bo‘lib, ko‘p mehnat talab qilishi, yuqori sarf-xarajatlar,
keksaygan ishchi kuchi va boshqa samarasiz sektorlari bialn ajralib turadi. Hatto,
qayta tiklanadigan maydonlarda cheklovlarni kiritish bilan birga, mahalliy ishlab
chiqarish Yaponiyaning yog'ochga bo'lgan talabni ta‘milay olmay katta hajmli
yog‘ochni import qiladi.
Baliqchilik Yaponiya oziq-ovqat manbai sifatida dengiz mahsulotariga tayanadi. Yapon
olimlari dengiz mahsulotlari inson miya faoliyati uchun birinchi o‘rinda turadigan
taomligini bir necha asrlar oldin kashf qilishgan. Uzoq umr yashashi, yuqori
intelektual salohiyat ham kam kasalliklarg auchrash aynan ushbu mahsulot hisobiga
bo‘lishi kerk. Yaponiya o'zining xalqaro mavqeiga qaramasdan, shuningdek, atrofi
to‘liq suvliklar bilan chegaralangan bo‘lsada, baliqchilik sektori doim jiddiy
muammolarga duch kelgan. Mahalliy baliq ovlari, xususan, ichki dengizda ovlash
va suvlarni ifloslanishi oqibatida yo'q bo'lib ketayotgan baliqlar endilikda mamlakat
sohillari bo'ylab 200 mkm (370 km) bo'lgan erkin iqtisodiy hududlar faoliyatiga