XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 217 - 2.6.7. Tashqi savdo munosabatlari 2.6.2-jadval Yaponiya tashqi savdosi tovarlar tarkibi va yo’nalishlari (2017 y.) Eksport Import Eksport (USD) $683.3mlrd (2017)
Import (USD) $625.9mlrd (2017)
Tovarlar bo’yicha eksport tarkibi motorli transport vositalari,
temir va po'lat mahsulotlari,
yarim o'tkazgichlar,
avtomobil qismlari,
energiya ishlab chiqarish
uchun moslamalar plastik
materiallar
Tovarlar bo’yicha import tarkibi Neft, suyuq tabiiy gaz,
kiyim-kechak , yarim
o'tkazgichlar , ko'mir ,
audio va vizual apparatura
Asosiy hamkorlar AQSh 20.2%
Xitoy 17.6%
Yevropa Ittifoqi
11.4%
Janubiy Koreya 7.2%
Taiwan 6.1%
Boshqalar 37.4%
Asosiy hamkorlar Xitoy 25.8%
Yevropa Ittifoqi
12.4%
AQSh 11.4%
Australia 5%
Janubiy Koreya 4.1%
Boshqalar 41.3%
Manba: countrymeters.info/ru, ciaworldfactbook , focus-economics.com rasmiy ma’lumotlari asosida mualliflar ishlanmalari. Yaponiya iqtisodiyoti uchun tashqi savdo muhim ahamiyatga ega. Import
ko'pincha yoqilg'i, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat xom-ashyosi va sanoat
jihozlaridan iborat. Eksport turlari o'zgargan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning deyarli barchasi mijoz talabini hisobga oladi. Avtomobillar asosiy
bozorlar sifatida AQSh, Kanada, Avstraliya, Germaniya va Buyuk Britaniya bilan
birga yetakchi eksport mahsuloti hisoblanadi. Ofis texnikasi, ilmiy va optik
uskunalar eksporti ham juda muhimdir (Konika, Xerox). Janubiy Koreya, Xitoy va
Tayvan Yaponiyaning temir va po'latdan asosiy xaridorlari orasida, plastik
materiallar hamda mineral o'g'itlar asosan, Janubiy Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlariga yetkaziladi.
To'qimachilik materiallari Xitoy, AQSh, Gonkong, va Saudiya Arabistoni
mamlakatlariga yo‘naltiriladi. Yaponiya umumiy eksportining atigi kichik bir qismi
(taxminan 0,5%) oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat. Yaponiyada o'sib borayotgani
tashqi savdo saldosi bilan byudjet muammolari AQSh prezidenti Donald Trampning
talabnomasiga asoslanib TPP mintaqaviy integratsion guruhdan mamlakati chiqib
ketish tahdidi bilan aloqalar keskin tus olmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar