XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 74 -
Gavayi orollari
Bu hudud alohida vulqonli orollarning zanjiri bo'lib,
xilma-xil ekotizimi bilan
alohida ahamiyatlidir. U landshaftli cho'llar, marjon qoyalar va tropik o'rmonlarni
o'z ichiga oladi. Gavayi tropik yomg'ir o'rmonlari shamolli tog' yonbag'irlarida
joylashgan. Sohil bo'ylari iqlim tropik va okean savdo shamollari sababli ancha
barqaror bo'lib qolmoqda. Daraxtlar qirg'oq pasttekisligida joylashgan bo‘lib tog'lar
tepasidagi o'rmonlar bilan o'rab qo'yilgan. O'rmonning to'rtta turi mavjud bo'lib, ular
namlik darajasi bilan farqlanadi. Quruq o'rmonlar, ho'l o'rmonlar va ohia, koa
daraxtlari mavjud. Tog' tepalari yaqinida bog'lar mavjud bo‘lib, Tinch okeani
ummoniga xayolan safarga chorlaydi.
Milliy bayramlari
Yangi
yil bayrami, 1 yanvar; Martin Lyuter Kingning tug'ilgan kuni, yanvar
oyining uchinchi
dushanba kuni;
Prezidentlar kuni, fevral oyining uchinchi
dushanba kuni; Yodgorlik yoki bezatish kuni, mayning so'nggi dushanba kuni;
Mustaqillik kuni, 4-iyul; Mehnat kuni, sentyabr oyining birinchi dushanba kuni;
Kolumb kuni, oktyabr
oyining ikkinchi dushanba kuni; Saylov kuni, noyabr oyining
birinchi dushanbasidan so'ng
birinchi seshanba; Veteranlar yoki sivilizatsiyalar
kuni, 11 noyabr; Shukrona kuni, noyabr oyining 4-kuni; Rojdestvo, 25 dekabr.
Qo'shma Shtatlarga sayyohlar kelishi 2017 yil sentyabr oyida 7,750,318
kishidan avgust oyida 6,145,476 kishigacha pasayga. Qo'shma
Shtatlardagi
sayyohlar kelishi 1996 yildan 2017 yilgacha 4,327,031 kishiga teng bo‘lib, 2014
yilning avgust oyida esa, 8,364,940 kishidan yuqori bo'lib, 2001 yil noyabr oyida
2,095,665 kishi bilan past
rekord daraja qayd etgan
17
. Bu sohadan milliy daromad
esa 1999 yildan 2018 yil oralig‘ida bu ko‘rsatkich o'rtacha 13,581 mlrd. AQSh
dollarini tashkil etagn. 2016 yil iyun oyida esa 21,223 mlrd.AQSh dollaridan yuqori
bo'ldi.
Dostları ilə paylaş: