XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 77 - idora vakillari va turli darajadagi delegatsiyalari muntazam ravishda tashrif buyuradi
va O‗zbekiston - AQSh munosabatlarining dolzarb masalalari bo‗yicha fikr
almashish mexanizmi - yillik siyosiy maslahatlashuvlar tashkil etiladi.
2017-yilda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi AQShga va
Vakillar palatasi a‘zosi T. Kelli boshchiligidagi bir guruh kongress a‘zolari
O‗zbekistonga tashrif buyurdi.O‗zbekiston va AQSh o‗rtasida ustuvor ahamiyatga
ega bo‗lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Mamlakatlar
o‗rtasidagi
ishbilarmonlik
aloqalarini
qo‗llab-quvvatlash
va
rivojlantirishda AQSh-O‗zbekiston savdo palatasi muhim ahamiyat kasb etadi.
AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‗rtasida imzolangan TIFA savdo va
investitsiyalar to‗g‗risidagi bitimning amalga oshirilishi Amerika bilan savdo
aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‗shmoqda. O‗zbekistonda AQShning dunyoda
taniqli bir qator yirik kompaniyalari faoliyat ko‗rsatmoqda. Xususan, «General
Motors» korporatsiyasi ishtirokida yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab
chiqarishga mo‗ljallangan «General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi faoliyat
ko‗rsatmoqda. «Boeing» kompaniyasi «O‗zbekiston havo yo‗llari» Milliy
aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar, xususan «Boeing-787-8 Dreamliner»
rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan ta‘minlovchi asosiy va doimiy hamkor
sanaladi.«General Electric» korporatsiyasi O‗zbekistonning neft-gaz va aviatsiya
sektorlarida, shuningdek, salomatlik va qayta tiklanadigan energiya manbalarini
rivojlantirish sohasidagi muhim hamkori hisoblanadi. AQShning O‗zbekistonda
faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalari ichida «Exxon Mobil», «CNH
Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deere», «Honeywell»,
«Caterpillar» va boshqalar ham mavjud.
21
21 https://mfa.uz/uz/cooperation/countries/198/