XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 80 - Germaniya tashqi savdo hajmi 310 milliard AQSh dollarni tashkil qildi. Hozirda
mamlakat jahon miqyosida eng katta kapitalni eksport qiluvchi mamlakatga aylandi.
Mamlakatda xizmat ko'rsatish sohasi umumiy yalpi ichki mahsulotning 70 foizini,
sanoatning 29,1 foizini va qishloq xo'jaligini 0,9 foizni tashkil etadi. Eksport
tarkibiga milliy mahsulotning 41 foizi to'g'ri keladi. Germaniyaning eng yaxshi 10 ta
eksport mahsulotlariga avtomobil, mashinasozlik, kimyo mahsulotlari, elektron
mahsulotlar, elektrotexnika, farmatsevtika, yuk tashish uskunalari, asosiy metallar,
oziq- ovqat, kauchuk va plastmassalardan iborat.
2.2.2 Iqtisodiy rivojlanish tarixi VIII asr boshlarida Ispaniyagacha yetib borgan nemis qabilalri asosan
hunarmandchilik asosida kun ko‘rishgan. Ilm-fan taraqqiyotini rivojlantirishda Rim
va Vizantiya Imperiyalari alohida tahsinga sazovordir. Chunki Vatikanda bo‘lib
turgan ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan yutuqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatda milliy
boshqaruv tizimiga tadbiq etilar edi. Ilk olimlarning paydo bo‘lishi hamda ta‘lim
tizimining takomillashshuvi aynan ushbu omil hisobiga to‘g‘ri keladi.
Germaniya 1871 yilda yagona davlatga aylandi. Germaniyada sanoat inqilobi
Angliya, Frantsiya va Belgiyaga qaraganda bir asr o'tgandan keyin yuz berdi. Bu
inqilob va siyosiy ittifoqining asoschisi Deutscher Zollverein (Germaniya Bojxona
Ittifoqi) va temir yo'l tizimlarini kengaytirish g‘oyasi bilan chiqdi. 1835-yilda
Germaniya va tashqi savdo qo‘shnilari bilan davlatlar o'rtasidagi tarif to'siqlari
bekor qilindi. Aynan ushbu yilda Frantsiyaning Nyurnberg va Fürt shaharlarini
bog'laydigan birinchi nemis temir yo'li qurildi. 1840-yillarda qurilgan o'nta temir
yo'l tizimining barchasi Germaniyada joylashgan edi. 1845 yildan 1870 yilgacha
mamlakatda 5000 kilometrdan ko'proq temir yo'l qurildi. 1850 yilda Germaniya o'z
lokomotivlari qurib uzoq olis manzilarada sinab ko‘rdi.
Mamlakat Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng ikki qismga bo‘lingan holda keskin
rivojlana oshladi. G‘arbiy Germaniya AQSh va Buyuk Britaniya tomonida bo‘lsa
Sharqiy germaniya Sobiq Ittifoq va Sobiq Yugoslabiya hamkorligida rivojlana
bosladi. Ayniqsa qayta qurish dasturi markazdan boshqariladigan rejali iqisodiyot