XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 79 - iqtisodiyotining 4 orinida turadigan mamlakat
22
. Ushbu reyting kompaniya
tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 5,240 tlrn. .AQSh dollari
bashorat qilinmoqda
23
. Germaniya 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo
Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan
24
.
FRG (GDR bilan birgalikda) 1973 yil 18 sentyabrda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining to'la a'zosiga aylandi; ilgari BMTning barcha mintaqaviy bo'lmagan
maxsus agentliklariga tegishli bo'lgan. Shuningdek, u Yevropa Kengashi, Yevropa
Ittifoqi, EHK, NATO va OECD ning faol ishtirokchisi. Shuningdek, Germaniya
Osiyo taraqqiyot banki a'zosi va OAS doimiy kuzatuvchisi hisoblanadi. 1994 yilda
Germaniya birinchi YeI mamlakatiga tegishli bo'lgan dengiz qonuniga bag'ishlangan
konvensiyaga qo'shildi
25
.
Germaniya rivojlangan ijtimoiy bozor iqtisodiyoti modelidir. Yevropada eng
yirik milliy iqtisodiyotga ega bo‘lgan bu mamlakat 2017 yilda yevro hududining 28
foiz tovar aylanmasini tashkil qilgan. Germaniya Yevropa Ittifoqi va Yevro
hududining asoschisi hisoblanadi. Germaniya Sharqiy mamlakatlar bilan aloqani
saqlab qolgan holda g'arbning talablariga to‘la javob beradigan tizimli dastur
asosida ish olib boradi. Mamlakat Katta yettilik a‘zosi bo‘lib, jahondagi iqtisosdiy,
ijtimoiy, texnologik, innovatsion taraqqiyotga bevosita o‘zning ta‘sirini o‘tkaza
oladigan darajada rivojlangan. Mamlakatda iktimoiy sohaga juda katta e‘tibor
qaratilagn bo‘lib aholining turmush darajasi juda yuqori. Davlat shaharsozlik
loyohalari asosida betakror infrastrukturani tashkil etgan. Trasport tizimi, dengizda
sayohat, havo yo‘llaridagi professional xizmatlar mamlakatning muhandislik
sohasidagi ulkan yutuqlari hisobiga to‘g‘ri keladi
26
.
Mamlakatda Yevropa Ittifoqi moliyaviy tiziminig asosi bo‘lgan Yevropa
Markaziy Banki joylashgan. U ittifoqdagi butun pul mablag‘lari aylanmasini nazorat
qiladi hamda tartibga soladi. 1999 yil yanvar oyida Germaniya va 10 ta Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari Yevropaning umumiy valyutasi yevroni joriy etdi. 2016 yilda
22 http://www.imf.org/external/datamapper/ngdpdpc@weo/oemdc/advec/weoworld/ger 23 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php 24 https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm#collapseG 25 http://www.un-spider.org/links-and-resources/institutions/german-agency-international-cooperation-giz 26
https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/gm.html