XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 83 - sut mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi hisoblanadi. Sharqiy Germaniyada sutni
qayta ishlab chiqarish orqali oziq-ovqatlar sohasidagi keng assortimentli shahar
bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ekin maydonlarida keng miqyosli
yem-xashakka ajratila boshlandi. G'arbiy ham sharqiy qismlarida tovuqchilik va
buzoqlar boqishga ajratilib yirik jamoaviy fermerlik faoliyatiga aylanadi. Endilikda,
konsentratsiyalangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimi yer osti
suvlari ifloslanishiga olib kelayotganidan ham xavotirga tusha boshlandi.
G'arbiy Germaniya tumanlarida meva-sabzavot va gul kabi ekinlar
yetishtiriladi. Janubdagi issiq okeanlar tamaki va urug' makkajo'xori uchun juda
samarali iqlim hisoblanadi. Hududda sabzavotlarni katta hajmda yetishtiradilar.
Chunki, Elbe Gamburg va Berlining janubidagi Spreewald ko‘plab botqoqliklardan
iboratligi uchun yer yetishmaydi. Janubda mevachilik xo‘jaligi yanada takomillashib
ko'payib bormoqda. Ixtisoslashuvning boshqa muhim yo'nalishlari Gamburg
janubidagi Elbe, Potsdam yaqinidagi Xavel ko'li mamlakati va Halle hududida
"Altes Land" ni o'z ichiga oladi. Janubda, ayniqsa, Reyn, Moselle, Saar, Main va
Neckar daryolarining vodiysida yoki yaqinida bog'lar mavjud bo'lsada, Drezden
yaqinidagi Elbe vodiysi yonbag'irlarida sharob uzumlari ham turli xil navlarda
yetishtiriladi.
Germaniya o'z oziq-ovqat talablarining besh to'rtdan qismini ishlab chiqardi
va kafolatlangan narxlarning oshishi katta miqdorda (ayniqsa yog', go'sht, bug'doy
va sharob) iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. XXI asrning boshida Germaniyaning
yirik qishloq xo'jalik mahsulotlarini (masalan, don, shakar, o‘simlik yog'i, sut va
go'sht) yetishtirish ichki iste'moldan oshib ketdi. Natijada mahsulotlar tashqi
bozorga eksport qilinib barqaror davomiy profitsitga erishildi.
Germaniya YaIM tarkibida qishloq xo'jaligi salmog‘i 2018 yilning birinchi
choragida 4,28 mlrd. yevroni tashkil etdi. 2017 yil 4-choragida esa, bu ko‘rsatkich
4,65 mlrd. yevroni tashli etdi. 1991 yildan 2018 yilgacha o'rtacha 4.67 mlrd. yevro
tashkil etib, 2013 yilning ikkinchi choragida bu ko‘rsatkich 6,59 mlrd. yevrodan