XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 19 - iqtisodiyoti‖ fani quyidagi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘qtiladi:
―Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari‖, ―Iqisodchilar uchun
matematika‖, ―Iqtisodiy nazariya‖, ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik‖ va
boshqalar. Talabalar ―Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti‖ fanini o‘zlashtirish
barobarida ushbu fanlarni ham puxta o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Chunki, ushbu
fanlar ―Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti‖ fanini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun
ko‘maklashadigan bilimlarni shakllantirish imkonini beradi.
Fan bo‘yicha o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlarida quyidagi pedagogik
texnologiyalardan foydalaniladi: keys – stadilar, breinstorming, guruhli bahs –
munozaralar, guruhli prezentatsiyalar, esse, ma‘ruzalar.
O‗tilayotgan ma‘ruzalarning kirish qismida xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotini
nazariy jihatlari va xususiyalari ko‗rib chiqilsa, uning asosiy qismida rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyoti tahlil qilinadi.
―Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti‖ fani juda qiziqarli fan bo‘lib, bugungi kunda
ko‘pchilikni qiziqtirayotgan xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyoti bilan bog‘liq
bo‘lgan ko‘plab savollarga yechim topadi. Talaba ushbu fanni puxta o‘zlashtirishi
uchun o‘z ustida ko‘proq ishlashi kerak bo‘lib, u nafaqat o‘zbek tili, balki rus tili va
chet tillari, ayniqsa ingliz tilidagi manbalardan ham keng miqyosda foydalanishi
kerak. Shuni alohida ta‘kidlshimiz joizki, ushbu fanni puxta o‘zlashtirish talabadan
5231100 – ―Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar‖ (mintaqalar va
faoloyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha juda zarur
bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
1.1.2. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va tendentsiyalari Xo`jalik jamiyatining barcha jabhalarida intеgratsiya va globallashuv
jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti,
ularning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlardagi asosiy rivojlanish tеndеntsiya va yo`nalishlarini aniqlab olish
muhim ahamiyat kasb etadi.