Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 20 - 
Hozirgi jahon xo‗jaligining globallashuvi sharoitida rivojlangan yangi 
industrial mamlakatlarning iqtisodiyoti muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki 
so‗nggi yillarda etakchi mamlakatlar qatorida yangi industrial mamlakatlarning 
iqtisodiy salohiyati va nufuzi jahon arenasida yildan-yilga ortib bormoqda. O‗z 
navbatida, milliy iqtisodiyotlarni rivojlantirishda daromadlarni maqsadli ravishda 
sarflash va to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalar xajmini oshirish tufayli ularning 
iqtisodiy taraqqiyotida ―iqtisodiy mo‗‘jiza‖lar vujudga kelmoqda. 
Biz quyida jahon xo‗jaligida ―iqtisodiy mo‗‘jiza‖ga erishgan mamlakatlarning 
iqtisodiy o‗sish davrlari orqali quyidagi bosqichlar orqali tahlil qilib chiqamiz: 
1) 
1960-yillar (Germaniya va Yaponiya); 
2) 
1970- yillar (―To‗rt ajdarho mamlakatlari‖- Janubiy Koreya, Tayvanь, 
Singapur va Gonkong); 
3) 
1980-yillar (―To‗rtta kichik yo‗lbars mamlakatlari‖-Malayziya, Tailand, 
Indoneziya va Filippin; 
4) 
1990-yillar- ―To‗rtinchi iqtisodiy mo‗‘jiza‖, ya‘ni Xitoy); 
5) 
2000-yillar-―Cho‗l ustidagi mo‗‘jiza‖, arab mo‗‘jizasi (BAA va Qatar). 
Albatta, har bir mamlakat haqida gap boshlanganda, avvalo ko‗z oldimizda 
ushbu mamlakatning O‗zbekistondan qanchalik uzoqdaligi yoki yaqinligi, uning 
yer yuzida qaerda joylashganligi, ya‘ni jahon xaritasida geografik joylanishuvi, 
shuningdek, xududi va aholisi ko‗z oldimizda gavdalanadi. Mamlakatning qaysidir
xususiyatlarini esga olish, qachondir shu mamlakat haqida o‗qigan kitobni yoki 
ko‗rgan biron bir filmni esga olamiz. 
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining o‗ziga xos xususiyatlari 
mavjuddir. Mazkur o‗rganilayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida 
qo‗llagan iqtisodiy dasturlari va isloxotlarining nazariy jihatlarini ko‗rib chiqish, 
jumladan jahon iqtisodiyoti tarixidan joy olgan: ―Pul isloxoti‖ (Germaniya), ―Dodj 
yo‗nalishi‖ (Yaponiya), ―To‗rt modernizatsiya‖ (Xitoy Xalq Respublikasi), ―Yashil 
inqilob‖ (Hindiston) va boshqa tarixiy dastur, isloxotlarning nazariy jihatlari hamda 
xususiyatlari orqali chuqur tahlil qilishdan iboratdir. 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin