XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 29 - 1.2.3. Mamlakatlarning an’anaviy tasnifi: rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar-jahon iqtisdoiyotining
asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu guruhga 30 dan ortiq mamlakatlar
kiradi va ba‘zan shu mamlakatlar ―sanoati taraqqiy etgan‖ mamlakatlar deb ataladi.
Sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlar xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan
biri- daromadlarning aholi qatlamlari o‘rtasida nisbatan tekis taqsimlanishi va
mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilganligidir. Xususan: aholining kam
ta‘minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash; ilm-fanni rivojhlantirishga katta
miqdorda mablag‘ sarflash(YaIMning 2-3%); ilm-fan yutuqlarining ishlab
chiqarishga
sarflanishi;
tibbiyot,ta‘lim,
madaniyat
sohalariga
sarflanishi
yuqoriligi(YaIMning 3-4%).
ХХ-XXI asrlar boshida jahon хo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan
o‘rni juda katta bo‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit‘asi va
Shimoliy Amerika materigida joylashgandir. Ma‘lumki, rivojlangan «katta yettilik»
davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini
qo‘shilishi bilan «katta sakkizlik» davlatlar dеgan so‘zlar ham jahon iqtisodiyotida
ishlatilmoqda)iqtisodiyotini
rivojlanishi
asosan
tabiiy
resurslardan
qanday
foydalanishlik darajasiga va Shuningdek uzoq yillarga mo‘ljallangan zamonaviy
ilmiy-teхnikaviy taraqqiyotdagi o‘zgarishlarga bog‘liqdir.
Jahon хo‘jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh,
GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada,Italiya) iqtisodiyoti muhim rol
o‘ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab
chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarning 79-80%i va dunyo mamlakatlarida
ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarning 59-60%i, tovarlar eksportining 60-
61%i va хizmat ko‘rsatish sohalarning 49- 50%i to‘g‘ri kelmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar. Bugun kapital oqimida ularning ulushi 30 foizni
tashkil etsa, 20 yildan so‘ng bu ko‘rsatkich 50 foizga yetadi. 15-20 yildan so‘ng
dunyoda sarmoya qilingan har bir dollarning 60 senti rivojlanayotgan
mamlakatlarga kiritiladi.Bu juda katta o‘zgarish. XX-asrning 60-yillaridan boshlab