XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 26 -
1.2. XORIJIY MAMLAKATLARNING IQTISODIY RIVOJLANISH
DARAJASIGA KO’RA TASNIFI
REJA:
1.2.1. Jahon iqtisodiyotida mamlakatlarni tasniflashning
mohiyati va mazmuni
1.2.2.Xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish darajasiga
ko‘ra tasniflash usullari
1.2.3.Mamlakatlarning an‘anaviy tasnifi: rivojlangan mamlakatlar,
rivojlanayotgan
mamlakatlar va o‗tish davri mamlakatlari
1.2.1.Jahon iqtisodiyotida mamlakatlarni tasniflashning mohiyati va mazmuni
Turli mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli – tumanligi
iqtisodiy rivojlanish darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda
baholashga imkon bermaydi. Buning uchun
quyidagi bir qancha asosiy
ko‘rsatkichlar va mezonlardan foydalaniladi: mutlaq va nisbiy YaIM (YaMM);
milliy daromad va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad; milliy
iqtisodiyotning
tarmoqli strukturasi; mamlakat eksporti va importi strukturasi; aholi
turmush darajasi va sifati va boshqalar. Shuni ta‘kidlash joizki,
mamlakatning
iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon xo‘jaligidagi ishtiroki – bu tarixiy
tushunchadir. Milliy iqtisodiyot va butun jahon xo‘jaligi rivojlanishining har bir
bosqichi asosiy ko‘rsatkichlar tarkibiga bu yoki u o‘zgartirishlarni kiritadi.
Mamlakatning jahob xo‘jaligida egallagan o‘rnini
aniqlash uchun bir qancha
yondashuvlar mavjud bo‘ladi. Ular orasida eng oddiysi bo‘lib jaho iqtisodiyotini
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad darajasiga qarab mamlakatlar
guruhlariga bo‘ishdir.
Bunday yondashuv BMT, XVF, XTTB tomonidan amalga
oshiriladi (mamlakatlar bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mutlaq
daromad ko‘rsatkichlari har yili hisoblab boriladi). Masalan,
XTTB daromad
darajasiga qarab mamlakatlarni uch guruhga bo‘ladi.
Jahon xo‘jaligida mamlakatlarni tasniflash va ularning jahon takror ishlab
chiqarish jarayonidagi rolini baholash uchun boshqa yondashuvlar ham mavjud.