XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 35 - oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tatibga solishga ta‘sir ko‘rsatishi
mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo‘lsada,
(Millatlar ligasi - 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki - 1929 yil), xalqaro
darajada jahon xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish‘‘dasturlari tartibga soluvchi
tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945 yil maxsus xalqaro uyg‘unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta
fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tashkil topdi. Hozirgi
davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilotlat hisoblanib, jahon savdosi,
xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning
tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo
bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK), Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (YeIHT),
NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keldi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot TSBK
doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo aylanmasining
4 5 qismidan koprog‘ini tartibga soladi. TSBK milliy va mintaqaviy darajada vaqti-
vaqti bilan kuchayib boruvchi protekstionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni
o‘zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda
tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi
tamoyillarga
asoslanadi.
TSBK
faoliyatining
asosiy
shakli
qatnashuvchi
tomonlarining ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o‘tkazish hisoblanadi.
Ammo, jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o‘zaro
maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga
koplab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu
valyuta-kredit munosabatlaridir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish
XVF, XTRB, Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), xalqaro
rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporastiya (XMK) va shu