XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 37 - solish shakllari evolyustiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sostialistik
mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil sub‘ektlarni
tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin kopayishi hamda dunyo mamlakatlari
ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi.
80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyadan
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy
munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a‘zolar
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta‘siri bo‘ldi. XVF, XTTB, TSBKga Osiyo,
Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq
sostialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini tartibga
solishda ma‘lum o‘zgarishlarga olib keladi.
Yevropa Ittifoqi (YeI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli
yagona umumevro‘a fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta‘sis etiladi. Bu
Ittifoqning Shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Yevropa
muassasalari tuzildi.
Yevropa Ittifoqining ijroiya organi Yevropa hamjamiyati Komissiyasi
(EHK)dir. Uning a‘zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z
faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning
tarkibida ichki ishlar, moliya, ta‘minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar Kengashi
mavjud bo‘ladi.
Yevropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat
byudjeti va qonunlarini ma‘qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi
Yevropa palament zimmasiga yuklatiladi.
Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYu, 2004 yildan boshlab
Yevro joriy etildi va yangi muassasa – Yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy
banklar bilan birga Yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.