XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 34 - bo‘lgan iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada
birlashtiradi. Iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar
mustaqilligini ma‘lum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir
qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).
Hozirgi davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari
jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va
Meksikani birlashtirgan Shimoliy Amerika uyushmasi, Janubiy Sharqiy Osiyo
davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch Okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy
hamkorlik tashkilotiga a‘zo mamlakatlar o‘rtasida integratsion hamkorlik kuchayib
bormoqda. 1991-2002 yilllarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy
integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘lida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy
huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo kengash tuzildi, ijroiya
qo‘mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.
1.3.2.Xalqaro tashkilotlar xalqaro iqtisodiy integrasiyaning asosi sifatida Butun jahon xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo‘jalik
aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi.Hozirgi
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), jahon
savdosi sohasida - Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK)ni ko‘rsatish
mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan
boshlanadi. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar
faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar
tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma‘noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o‘rnatishga, ya‘ni me‘yoriy
chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro
aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga
amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o‘z ichiga