XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 32 -
1.3. XORIJIY MAMLAKATLAR O’RTASIDAGI IQTISODIY
INTEGRASTIYA MUNOSABATLARI
REJA:
1.3.1.Xorijiy mamlakatar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning
mohiyati va
mazmuni.
1.3.2
. Xalqaro tashkilotlar xalqaro iqtisodiy integrasiyaning asosi sifatida
1.3.3. Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari
1.3.1 Xorijiy mamlakatar o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va
mazmuni
Iqtisodiy
integratsiya-turli
korxona
va
tarmoqlarning,
shuningdek,
mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular o‘rtasida
uzviy iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xo‘jalikning
shakllanishi jarayonidir. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy
xo‘jaliklar
darajasida,
shuningdek,
korxonalar,
firmalar,
kompaniyalar,
korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya
ishlab chiqarish
texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda
foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish
jarayonida bir-biriga qulay sharoitlarni yaratishda, o‘zaro to‘siqlarni olib tashlashda
namoyon bo‘ladi. Buning asosida
mehnat taqsimoti yotadi, albatta. Mehnat taqsimoti
tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va
tarmoqlarda ishlab chiqariladi.
Shu tariqa korxona va tarmoqlar o‘zaro yaqin
va muntazam iqtisodiy aloqa
bog‘laydi. Avvalo, korxonalar o‘rtasida iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning
birlashmasi vujudga keladi.So‘ngra tarmoqlararo miqyosda yuz berib,
yirik ishlab
chiqarish majmualari paydo bo‘ladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya,
tarmoqlararo esa, vertikal iqtisodiy integratsiya yuz beradi.Vertikal integratsiyaga
agrosanoat majmui misol bo‘ladi.U qishloq xo‘jaligi,
oziq-ovqat, mashinasozlik,
kimyo sanoati o‘z ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi
bilan xo‘jalik
hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli