XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 28 -
1.2.2. Xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish
darajasiga ko’ra tasniflash usullari
Ma‘lumki, jahon iqtisodiyoti murakkab mintaqaviy tuzilmaga egaligi bilan
ajralib turadi. Analitik maqsadlarda xalqaro tashkilotlar
jahondagi barcha
mamlakatlarni uchta guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
bozor iqtisodiyotidagi rivojlangan mamlakatlar (advanced economies);
o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar (transition period economy) yoki
shakllanayotgan bozorga ega mamlakatlar (emerging economies);
rivojlanayotgan mamlakatlar (developing economies).
Bozor iqtisodiyotidagi rivojlangan mamlakatlar jahon bozorida va xalqaro
mehnat taqsimotida yetakchi rol o‘ynaydi.
Rivojlangan mamlakatlar jumlasiga G‘arbiy
Yevropaning deyarli barcha
mamlakatlari, AQSH, Kanada, Yaponiya, Isroil, JAR,
Avstraliya va Yangi
Zelandiyani kabi mamlakatlar kiradi. Ushbu mamlakatarning barchasi yuqori
darajadagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga egaligi bilan xarakterlanadi.
O‘tish davri iqtisodiyotidagi
mamlakatlarga Sharqiy Yevropa, Rossiya,
Albaniya, Xitoy, Vetnam, sobiq Ittifoq mamlakatlari, Mongoliya kabilar kiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga Osiyo, Afrika,
Okeaniya, Lotin Amerikasining
ko‘plab mamlakatlari, Malta va sobiq Yugoslaviya mamlakatlari tegishli bo‘ladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar YaIM ning umumiy darajasi rivojlangan mamlakatlar
YaIM ning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi.
Yuqorida keltirilgan mamlakatlar tasnifidan
tashqari XVF mamlakatlarni
quyidagicha guruhlaydi:
mintaqaviy guruhlar bo‘yicha (Afrika, Markaziy va Sharqiy Yevropa,
Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari, O‘rta Sharq, G‘arbiy yarimshar);
analitik
guruhlar, shu jumladan eksport tushumlari manbalari (yoqilg‘i,
noyoqilg‘i, birlamchi qayta ishlov beradigan mahsulotlar) bo‘yicha;
tashqi moliyalashtirish manbalari bo‘yicha (netto – qarzdor mamlakatlar).
Umuman olganda turli xil xalqaro tashkilotlar mamlakatlarni iqtisodiy
rivojlanish darajasiga ko‘ra turli guruhlash usullariga ega bo‘ladi.