XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 24 - mamlakatimizdagi mavjud siyosatning tinchlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik
homiysi ekanligi, o‘zining qulay geografik o‘rniga, noyob va boy xom ashyo
manbalarining
ko‘pligi, mavjud qazilmalarni o‘zlashtirish imkoniyatlarining
qulayligi bilan asoslanganligidir. O‘zbekiston o‘zining mustaqilligi yillarida jahon
ham jamiyatiga qo‘shilish jarayonini faol davom ettirdi. Respublika tashqi iqtisodiy
faoliyatining
strategik
manfaatlarini
taminlovchi,
dunyoning
ko‘pchilik
regionlaridagi
davlatlar
bilan
iqtisodiy
aloqalarini
rivojlantirishga
va
chuqurlashtirishga qaratilgani holda jahon xo‘jaligining geografik ―Modeli‖ va
xalqaro geografik mehnat taqsimotining ko‘p yillik tajribalarida sinalgan
qonuniyatlari asosida o‘z tashqi iqtisodiy munosabatlarini shakllantirmoqda.
Bugungi kunda jahon xo‘jaligi aloqalari shunday darajaga yetdiki, keyingi
yillarda qitalararo tovarlar eksporti va importida mamlakatlar faolligi bir necha
hissaga ortib ketdi va shu o‘rinda davlatlarning iqtisodiy geografik o‘rni rivojlanish
va tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim omiliga aylanib qoldi.
Uning
muhim jihatlari
birinchidan
davlatlarning
geografik
joylashuvi;
ikkinchidan, tabiiy sharoiti va resurslari; uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasi, xo‘jaligining tuzilishi, mehnat resurslari, tarixiy ananalari va boshqa
xususiyatlari bilan bog‘langan bo‘lib alohida xududlar qirasida bir-biridan farq
qiladi. Bu o‘rinda mamlakatdagi mavjud tarmoqlar o‘zidagi mavjud resurslar,
imkoniyatlari, ishlab chiqarish xususiyatlari va jahon andozalari talablarini etiborga
olgan xolda, hamkor tanlashi mamlakatlar o‘rtasidagi muammolarning betaraf etish
va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.