XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 23 - O`zbеkiston Rеspublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Xorijiy
mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar
rivojlanmoqda. Xususan, xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotini o`rganish, shuningdеk bozor iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq –
kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi to`g`ri yondashuvlar bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tib borayotgan Rеspublikamiz iqtisodiyotini
rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishda tajriba sifatidagi ahamiyati kattadir.
Sanoat ishlab chiqarishda yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo‘lishi
aholining hayoti va ijtimoiy ehtiyojini qanoatlantirish bilan birga qo‘shni davlatlar
bozoriga raqobatbardosh istemol talablarini qanoatlantiradigan mahsulotlar ishlab
chiqarish imkoniyatini berdi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda zamonaviy ishlab
chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda
jahon andozasi talablariga javob beradigan texnologiyalarni jalb qilishgava xalq
xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga keng yo‘l berishga qaratilgan etibor o‘z ifodasini
topmoqda.
O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘lishidir. Shunga ko‘ra davlatimiz
valyuta-kredit munosabatlarini, yani chet-el sarmoyalarini xalq xo‘jaligining
ko‘pgina tarmoqlariga jalb qilish, xo‘jalik korxonalarini birgalikda ko‘rish va savdo-
sotiq ishlarini amalga oshirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mustaqillik sharofati ila iqtisodiy-ijtimoiy va manaviy hayotimizda o‘ziga xos
milliy mazmun kasb etuvchi ajdodlarimiz asriy orzusi sifatida o‘z fursatini kutib
kelayotgan tub o‘zgarishlar davrining guvohi bo‘layapmiz. Bu o‘rinda barcha
o‘zgarishlar asosi iqtisodiy islohotlar ayniqsa sezilarli bo‘layotganligini ta‘kidlab
o‘tish zarurdir. Respublikamizda tashqi faoliyat, avvalambor tashqi iqtisodiy
aloqalarning yo‘nalishlari, tovar ayirboshlash, sarmoyalar hajmini ko‘paytirish
hamda valyuta operatsiyalarini chuqurlashtirish yo‘lida dastlabki yillardanoq
muvaffaqiyatli ish olib borilayotganini guvohimiz.
O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sishni va amalga oshirilayotgan islohotlar
samarasini jahonning rivojlangan davlatlari yuqori baholamoqda, Buning boisi,