XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 33 - mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi. Buningnatijasida mamlakatlar
iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar
hamda xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro integratsiya eng
yuqori darajadagi yuqori ko‘rinish hisoblanadi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi mintaqaviy xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom
etadigan ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda
turli mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona to‘lovlari,
eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada
davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi.
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha
mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan
cheklanmasdan sanoat, bank, sug‘urta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi.
Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va ko ‘p
qirrali bo‘lib, barcha iqtisodiyot sub‘yektlari imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi.Umumiy bozorni tashkil etgan
mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq bo‘ladi, amalda milliy bozorlar
birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi.Bu bozorda barcha tovarlar
erkin, hech bir cheklovlarsiz ko‘chib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir
mamlakatdan boshqasiga o‘tadi.Qaysi mamlakatda resurslarni ishlatish qulay bo‘lsa,
u shu yerga borib joylashadi hamda o‘z faoliyatini kengaytiradi.Umumiy bozorda
iqtisodiy chegaralar amalda bekor qilinadi, bojxona to‘lovlari, eksport kvotalari, tovar
sifatiga talab minimal darajaga keltiriladi.Umumiy bozor dastlab 1957 yildan
Yevropada shakllangan.
To‘rtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz
beradi. Bu yerda integratsion aloqalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan
cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa
Ittifoqiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000-2001 yillarda umumiy pul-yevro
muomalaga kiritildi.Milliypullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq
tizimi joriy etildi.Milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham
tuziladigan bo‘ldi. 21-asrning boshlaridagi institutegratsiyaning eng yuqori shakli