XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 36 - kabilar doirasida amalga oshiriladi. G‘arbdagi yetti yetakchi mamlakatlarning har
yillik kengashi bu sohada muhim rol o‘ynaydi.
Valyuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta
kurslari va a‘zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a‘zo
mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit
beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish
bilan XTTB faol shug‘ullanadi. XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga
kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporastiya
(XMK) har xil investistion ob‘ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan
shug‘ullanadi,
loyihalarning
moliyaviy-iqtisodiy
asoslarini
tayyorlaydi,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo
tashkilotlar
ichida
barcha
sanoat
jihatdan
rivojlangan
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga
ta‘sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta‘minlash maqsadida
makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon
xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli aloqalarni o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va
byudjet siyosati, narxlar dinamikasi, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy
asoslangan iqtisodiy inqirognozlarni oldin oladi.
Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta‘sir
ko‘rsatish hamda yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki (YTTB) tuzildi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish
tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy
vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga