XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 38 -
1.3.3. Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi
yana bir muhim
tendensiya integratsiya hisoblanadi. Jahonning yetakchi uch markazi o‘rtasida
iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanayotgan bo‘lsada, integratsiya jarayonlari
uchlikning asosini tashkil etuvchi integratsion guruhlar va ularning a‘zolari o‘rtasida
yanada jadal sur‘atlarda rivojlanmoqda. Misol uchun,
NAFTA doirasidagi savdo
hajmi ushbu gurhning jami tashqi savdosida 1970-yilda 36 % ni, 1990-yilda 41 %
ni, 2013-yilda esa 49,2 % ni tahskil etdi. NAFTAning boshqa mamlakatlar bilan
savdosida Yevropa mamlakatlarining ulushi yuqori va ushbu ko‘rsatkich 2013- yilda
15,2 % ga teng bo‘ldi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHTT). Ikkinchi Jahon urushidan
keyin
jahon
mamlakatlari
iqtisodiyoti
va
Shuningdek
хalqaro
iqtisodiy
munosabatlarni keskin rivojlanib borishi bilan bog‘liq holda bir qator birlashgan
umumiqtisodiy tashkilotlar tashkil topdi. Ana shunday tashkilotlardan biri Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotidir. Bu tashkilot dunyoda
eng yirik umumiqtisodiy
tashkilotlardan biridir. Uning tarkibida jahonning 24 ta davlati, ya‘ni, barcha
rivojlangan kapitalistik (Janubiy Afrika Respublikasi va Isroildan tashqari)
davlatlari birlashgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (a‘zolari - AQSh,
Yaponiya, Kanada,
Avstraliya, Yangi
Zelandiya, Islandiya,
Norvegiya, Shveysariya,
Turkiya davlatlari, Shuningdek YeI mamlakatlariga kiruvchi 25 mamlakat) dan
tuzilgan.
Osiyo-Tinch Okеani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti.
Shu hududdagi 20 dan ortiq mamlakatni (Yaponiya, Filippin, Tailand, Bruney,
Yangi Zelandiya, Gonkong, Хitoy, Avstraliya) 147 birlashtirgan bo‘lib, bu davlatlar
hissasiga jahon mamlakatlarining yalpi milliy mahsulotini 23-24%, jahon
savdosining 40-42% va dunyo aholisini 40-41%ga to‘g‘ri keladi.
Bu hamkorlik
tashkilotiga a‘zo bo‘lgan davlatlar 1991 yilda Osiyo zonasida erkin savdoni
rivojlantirish va savdo sohasidagi samaradorlikni yanada ko‘tarish maqsadida 15
yilga (2005 yilga qadar) savdo chеgaralarini va chеgara bojlarini bekor qilish
to‘g‘risida qaror qabul qilishgan. Hozirgikunda Osiyo-Tinch
okeani mintaqasi