XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 30 - to XXI-asr boshigacha sarmoya sifatida kiritilgan har bir dollardan atigi 20 senti
rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan.
Kelajakda rivojlanayotgan mamlakatlar infratuzilma va xizmatlar, shu
jumladan ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalariga katta mablag‘ ajratishga qodir
bo‘ladi.Savodxonlik oshishi bilan fuqarolarning pul topish imkoniyatlari ham
kengayadi, bu kambag‘allikni kamaytirishga yordam beradi.
Rivojlanmagan mamlakatlarga Afrikada 33, Osiyoda 10, Amerika qit‘asida 1
va Okeaniyada 5 mamlakat kiradi. Misol uchun Afrikada Efiopiya va Burundi;
Osiyoda Afg‘oniston va Bangladesh; Okeaniyada esa, Kiribati va Samo kabilar
kiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha,
rivojlanmagan mamlakatlar iqtisodiyoti zamonaviylashmas ekan, qashshoqlikni
yengish qiyin.
BMT hisobotida yozilishicha, jahondagi eng rivojlanmagan 49 mamlakat
global iqtisodiy tanazzul girdobi ostida qolmaslik uchun qo‘ldan kelgan barcha
choralarni ko‘rgan, lekin tushkunlikdan butunlay qutula olmayapti.
Bu jamiyatlar qashshoqlikni yengish yo‘lida chet eldan sarmoya oqimini
oshirib, tizimni isloh qilib, serdaromad sohalarni kengaytirgan holda, xizmat
ko‘rsatish sektorini ham yaxshilashi zarur.Rivojlanmagan mamlakatlarda iqtisodiyot
juda cheklangan bo‘ladi.
Bugungi kunda rivojlanmangan mamlakatlarda savdo-tijorat yomon emas,
ammo eksport neft va gaz yoki arzon tovarlardan iborat. Ular faqat bularga qaram
bo‘lib qolmasliklari kerak ekanligi ko‘plab xalqaro hisobotlarda keltirib o‘tiladi.
Bugungi kunda Osiyoda rivojlanmagan davlatlar iqtisodiyotda yangi sektorlar
ochib, xilma-xil mahsulotlar va xizmatlar taklif etish evaziga qaddini rostlay
boshlagan.
Shuni ta‘kidlash joizki, globalllashuv ko‘plab jamiyatlarda innovatsiya va
rivojlanishga olib kelgan bo‘lsa, ayrim rivojlanmagan davlatlarda buning aksi
sezilmoqda.