XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 682 -
Makroiqtisodiy va fiskal boshqaruvga, investitsion muhitga, aloqa va
moliyaviy integratsiyaga qaratilgan o'sish va raqobatbardoshlik;
Inson kapitali, qashshoqlik va birgalikdagi farovonlik, ta'limning tengligi
hamda sifati, ko'nikmalari, integratsiyalashgan sog'liqni saqlash, demografik
ko'rsatkichlar va mintaqaviy kapital migratsiyasini qamrab oladi.
Rossiya hukumati moliyaviy konsolidatsiya yo'lida qolmoqda. Kam sarf-
harajatlar va yuqori daromadlar ortida 2017 yilning dastlabki yetti oyida umumiy
hukumat o'tgan yilning shu davridagi 1,8 foiz kamomad bilan solishtirilganda yalpi
ichki mahsulotga nisbatan 0,8 foiz miqdorida profitsitni qayd etdi.
2017 yilning birinchi yarmida ishsizlik darajasi biroz pasaygan, inflyatsiya
darajasi past bo'lgan. 2019 yilgi umumiy byudjet kamomadi yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 1,9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Iqtisodiy nuqtai nazar Yangi fiskal qoidalar 2019 yilda to'liq kuchga kiradi. Ushbu qoida bo'yicha
asosiy xarajatlar neft va gaz daromadlaridan 40 dollarlik barrel neft narxiga (real
narxlarda, 2017 yil narxlariga asosan) va bashoratga ko'ra, neft / gaz tushumlari
oshishi kutilgan. Neft narxi oshishidan olinadigan daromadlar zaxira jamg'armasi
bilan birlashtiriladigan Milliy farovonlik fondi tarkibida jamlanadi.
Jahon Bank global hamkorlikni kuchaytirish sharoitida Rossiya iqtisodiyotini
2018 yillardagi 1,7% va 2019 yilda 1,8% gacha pasayishini bashorat qilgan. Rossiya
Moliya vazirligi, Jahon banki bilan hamkorlikda, Rossiyaning to'rtta hududida -
Oltoy o'lkasi, Perm o'lkasi, Moskva va Bashkortostan Respublikasida byudjet
jarayonida
mas'uliyatli
fuqarolikni
va
yanada
ko'proq
ishtirok
etishni
rag'batlantirishga qaratilgan tashabbusni sinovdan o'tkazdi. Ushbu tashabbus
doirasida oliy o'quv-yurtlari talabalari byudjetga oid masalalarni real jarayonlardagi
tajriba asosida rivojlantirmoqda
436
.
436 http://www.worldbank.org/en/country/russia/overview#3