- 686 - ega. Oltin O‘rda davlati sohibqiron Amir Temur zarbalari ostida barham topganidan
keyin Rus davlati bilan O‘rta Osiyo o‘rtasida elchilik munosabatlari o‘rnatishga
harakat boshlandi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan
manfaatdor edi. 16-asrning 2-yarmi, 17-18 asrlarda ikki o‘rtada diplomatok va
savdosotiq aloqalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida ko‘rsatilishicha, Buxoro
amirligi, Xiva, Qo‘qon xonliklaridan elchilar savdosotiqni ko‘paytirish taklifi bilan
Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib
olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai bo‘lib qoldi. O‘rta Osiyodan
paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yo‘lga qo‘yiddi.
1917 yil oktabr to‘ntarishidan keyin O‘zbekiston - Rossiya aloqalari sobiq Sovet
hukumati siyosati doirasida yagona iqtisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yo‘lida amalga oshiriddi.
1992 yil 20 mart kuni ikki davlat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari
o‘rnatilgan. O‘tgan yillar mobaynida strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillariga
asoslangan O‘zbekiston - Rossiya do‘stona hamkorligining shakllanishi va
rivojlanishi katta yo‘lni bosib o‘tdi. Har ikki davlat BMT, ShHT, MDH va boshqa
tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni kengaytirmoqda. O‘zbekiston biz uchun
mintaqadagi eng ustuvor sheriklardan biri va bizning munosabatlarimiz alohidadir, -
deya bayonot bergan edi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zining 2012 yil 4 iyun
kuni Toshkentga buyurgan tashrifi chog‘ida. - Biz mamlakatning qanday
imkoniyatlarga ega ekanligini juda yaxshi bilamiz va munosabatlarimizni uning
salohiyatiga hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning chuqur ildizlariga
muvofiq ravishda quramiz.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo
komissiyaning faoliyati ikki tomonlama amaliy aloqalar taraqqiyotida muhim o‘rin
tutadi. Shuning munosabati bilan mazkur komissiyaning 2012 yil 13 dekabr kuni
Toshkentda bo‘lib o‘tgan 14 - majlisi yakunlarini alohida ta'kidlab o‘tish joizdir.
Chunki, mazkur majlis natijalari tomonlarning iqtisodiy aloqalarni har tomonlama
rivojlantirishga, savdo-iqtisodiyot, yoqilg‘i energetika, transport-kommunikatsiya,
ilmiy-texnika sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olishga bo‘lgan o‘zaro