XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 687 - manfaatdorligini yana bir karra yaqqol tasdiqladi. Gumanitar va madaniy aloqalar
rivoji ikki tomonlama hamkorlikning yana bir yo‘nalishi hisoblanadi. Bu boradagi
hamkorlikning asosini ―Madaniyat, fan va texnika, ta'lim, sog‘liqni saqlash, axborot,
sport va turizm sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida‖gi Hukumatlararo bitim hamda
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Rossiya
Federatsiyasi Madaniyat vazirligi o‘rtasida imzolangan ―Madaniyat sohasida
hamkorlik to‘g‘risida‖gi Bitim tashkil etadiki, ular yildan-yilga yangi amaliy
mazmun bilan boyib bormoqda.
Respublikamizda Rus madaniyat markazi faoliyat ko‘rsatayotir. U 19
ta viloyat va shahar jamoatchilik madaniy-ma'rifiy birlashmalarini o‘z atrofida
birlashtirgan. O‘zbekistonda rus tilida asosiy ta'lim olish va mutaxassislik bo‘yicha
o‘qishni davom ettirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimizda 800 dan
ortiq rus va o‘zbek tillarida ta'lim beradigan maktablar faoliyat ko‘rsatayotgan
bo‘lib, mamlakatimizning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida rus tilida tahsil
olinadi. So‘nggi yillarda ta'lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan va texnika sohalaridagi
o‘zaro manfaatli aloqalar ham muvaffaqqiyatli rivoj topmoqda. Yurtimizda G.
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M. Lomonosov nomidagi
Moskva davlat universiteti va I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz
universitetining filiallari ochilgan. Shuni komil ishonch bilan qayd etish mumkinki,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning joriy yil 14-15 aprel
kunlari Rossiya Federatsiyasiga buyurajak rasmiy tashrifi ikki tomonlama o‘zaro
manfaatli hamkorlikning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga yangi turtki
beradi
438
.
2017 yil 6 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo'yicha qator
hujjatlar imzolandi. Muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy,
harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek mintaqalararo hamkorlik, turizm
va sog'liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bo'lgan 55 hujjat
imzolandi. Jumladan, Rossiya va O'zbekiston hukumatlari O'zbekiston fuqarolarini
438 http://www.naesmi.uz/uz/site/page.html?id=5865