XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 861 -
SPA VILNIUS Anykńčiai
559
5.9.15. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari
O'zbekiston Respublikasi bilan Litva o‘rtasida diplomatik aloqalar 1998-yil
22-oktyabr kuni o‘rnatilgan. 2014-yilning 23-sentabrida O‗zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligida O‗zbekiston-Litva siyosiy maslahatlashuvlarning
navbatdagi raundi bo‗lib o‗tdi. Ushbu maslahatlashuvlarda qatnashish uchun
Toshkent shahriga Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‗rinbosari Rolandas
Krishunas boshchiligidagi delegatsiyasi keldi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy,
madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi masalalarni ikki tomonlama aloqalar
doirasida, shu jumladan O‗zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklida batafsil ko‗rib
chiqdilar.
Har ikki davlatda ham ko‗p qirrali hamkorlikni kengaytirishga katta e‘tibor
qaratilishi hamda muhim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muloqotni
muntazam davom etishidan manfaatdor ekanligi ta‘kidlab o‗tildi.
Toshkent shahrida iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha ikki
tomonlama Hukumatlararo
komissiyasining navbatdagi majlisini kelishilgan vaqtda o‗tkazilishi o‗zaro
manfaatli savdoni kengaytirish hamda ―Navoiy‖ erkin iqtisodiy industrial zonasi,
―Angren‖ maxsus industrial zonasi kabi xorij investorlari uchun bojxona va soliq
imtiyozlari amal qilayotgan hududlarda qo‗shma ishlab chiqarish loyihalarini tadbiq
qilishga ko‗maklashishiga ishonch bildirildi. Uchrashuvda tomonlar O‗zbekiston va
Litva ilmiy muassasalari va o‗quv
yurtlari, madaniyat va san‘at arborlari hamda
jamoat
tashkilotlari
o‗rtasidagi
aloqalarni qo‗llab-quvvatlash muhimligini
ta‘kidladilar.Tashqi siyosat idoralari vakillari xalqaro dolzarb masalalar bo‗yicha
ham fikr almashishdi. Siyosiy maslahatlashuvlarda Litva Elchisi Renatas Norkus
ishtiriok etdi
560
.
Dostları ilə paylaş: