XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 948 - resurslarni barqarorligini ta'minlashning muhim tushunchasini o'zida aks ettiradigan
o'rmon xo'jaligini boshqarish rejalari va dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha sa'y-
harakatlar amaliyotga tadbiq etilyapdi.
Okeaniya davlatlari Erkin Iqtisodiy Hududlar yurisdiksiyasi ostida keng
dengiz zahiralarini boshqarish huquqiga erishmoqdalar. Ayniqsa, Fiji va Sulaymon
orollari eksportni daromadga sezilarli hissa qo'shadigan katta miqdorda baliqchilik
sanoati yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu hududlar iqtisodiy
barqarorlikka erishish dasturi ishlab chiqilgan. Amerika Samoasi esa yirik baliqlarni
qayta ishlash markazi hisoblanadi. Baliqchilik sohasidagi mintaqaviy hamkorlik
asosan Janubiy Tinch okeani baliqchilik agentligining faoliyati orqali amalga
oshirmoqda. Biroq, orol davlatlari o'zlarining dengiz resurslaridan to'la-to'kis
foydalana olmaydilar va buning oqibatida daromad hajmi keskin oshmoqda. Chet
ellik baliq ovlash kemalari tomonidan noqonuniy baliq ovlash jiddiy muammolari
hozrji kunda qat‘iy tartib solingan. Samarali kuzatuv va boshqarish
mexanizmlarining ta‘minlanishi, shuningdek, tungi navigatsiya uskunalari hududda
zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish qilish orqali samaradorlikka erishilmoqda.
Ko'rinib turibdiki, agar ushbu mamlakatlar resurslardan ko'proq foyda olishlari
kerak bo'lsa, mintaqaviy hamkorlik yanada ko‘p tomonlama samarali bo'ladi.
Bunday hamkorlik ayniqsa kuzatuv tizimini takomillashtirish, uning hajmini va
miqdoriy
ko'rsatkichlarini
baholash,
muzokaralar
o'tkazish
imkoniyatlarini
kuchaytirish va texnik axborot almashinuvini rag'batlantirishga nisbatan muhim
ahamiyatga ega hisoblanmoqda.
6.3.11. Atrof-muhit muammolari Okeaniya mamlakatlari orasida savdo jarayonini o'sish jarayonining ajralmas
qismi sifatida yanada kengaytirish tabiiy muhit uchun katta oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Bu odatdagidek, yuqori savdo munosabatlaridan kelib chiqqan
mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning nisbati va eksport uchun resursga
ixtisoslashgan mahsulotlarga bo'lgan yuqori darajadagi talab bilan asoslanmoqda.
Katta yer hududiga ega bo'lgan mamlakatlar bilan solishtirganda, ekologik resurslar