XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 946 - Eksportga
yo'naltirilgan
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun Fidji
tomonidan taqdim etiladigan eksport imtiyozlari ayniqsa, kiyim-kechaklarni eksport
liberalrallashtirish o'z samarasini ko‘rsatmoqda. Bularga soliq imtiyozlari hududi
yoki fabrika sifatida belgilangan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish huquqiga
ega bo'lgan qator soliq imtiyozlari berilishi kiradi. Bunday imtiyozlarga 15 yilgacha
bo'lgan soliq ta'tillari, xomashyo va tarkibiy qismlardan boj to'lovisiz import qilish
hamda aktsiz solig'idan ozod qilish kiradi. Boshqa muhim misollardan biri G'arbiy
Samoa bo'lib, boshqa moliyaviy vositalar bilan bir qatorda katta eksport faoliyati
uchun 15 yilga qadar soliq ta'tilini ta'minlaydi. (So'nggi paytlarda avtomobil
qismlarini yig'ish operatsiyalari tashkil etilganda hukumat nafaqat katta soliq
imtiyozlarini taqdim etibgina qolmay, balki investor uchun binolar qurib bermoqda.)
Shu sababli, eksport yo'nalishi ko'plab Okeaniya mamlakatlarining o'sish
strategiyasiga mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi. Bu ko'plab soliq imtiyozlari va
pereferensiyalar berish orqali to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilishga
qaratilgan.
Hududda eksport salohiyati past sohalar Sanoat ishlab chiqarish mahsulotlarini eksport qilish kichik orolli
iqtisodiyotlar katta xavf va noaniqliklarga duch kelmoqda. Muhim bir xavf - eksport
shirkatining ushbu orol davlatlari nazorati ostida bo'lmagan turib tashqi omillardan
kelib chiqadigan vaziyatlar paydo bo'lishi bilan izohlanadi. Eksport jarayonning bir
necha sabablari, shu jumladan yirik eksport mahsulotlariga bo'lgan jahon talabining
keskin pasayishi, an'anaviy bozorni yo'qotish yoki yangilanib bo'lmaydigan
resurslarni sarflash kabi bir necha sabablarga ko'ra pasayib ketishi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, eksport faoliyati ham baliqchilik va o'rmon xo'jaligi kabi muhim
tabiiy resurslarni maqsadsiz ekspluatatsiya qilish orqali kamayishi kuzatilmoqda.
Katta hajmdagi eksport shirkatlarining qulashi aholining iqtisodiy hayotiga
zarar yetkazmoqda. Bu esa, inson turmush darajasiga va iqtisodiy-ijtimoiy
taraqqiyot darajasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Savdo aloqalari bilan
barqaror bo'lgan aholi darajasi sezilarli kamaygan. Boshqa taniqli holatlar G'arbiy