XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 120 - xorijiy mulkchilik darajasi juda yuqori bo'lib, asosiy resurslar (qishloq xo'jaligidan
tashqari) ishlab chiqarishning yarmini tashkil etadi.
Nufuzli banklari
Royal Bank of Canada (RBC)
Toronto-Dominion Bank (TD)
Bank of Nova Scotia (Scotiabank)
Bank of Montreal (BMO)
Canadian Imperial Bank of Commerce (CIBC)
The Tier II Banks
44
2.3.7. Tashqi savdo munosabatlari Kanada tashqi savdo munosabatlari iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi tarixan katta miqdordagi xom ashyo, ayniqsa,
baliq, mo'yna, don va yog'och eksportiga bog'liq edi. Shunga qaramay, xom ashyo
Kanada eksportining asosiy ulushi sifatida kamaydi, qayta ishlangan, ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotlar hajmi keskin ortdi. 1990 yilga Kanada eksportining
taxminan beshdan to'rtqismi qayta ishlangan mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
1970-yillarning o'rtalaridan boshlab yetakchi Kanada eksporti avtomobillar
(umumiy eksportning taxminan to'rtdan bir qismini tashkil etadi), avtomobil
qismlari
va
boshqa
turdagi
mashinalar
hamda
jihozlar,
xususan,
kompyuterlashtirilgan
aloqa
tizimlari
kabi
yuqori
texnologik
mahsulotlar
hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar Kanadaning asosiy ekspot qilingan tovarlari bo'lib,
ishlab chiqarilgan metallar va boshqa materiallar hamda o'rmon mahsulotlari,
jumladan, yog'ochsozlik materiallari, qog'oz va gazeta qog'ozi hisoblanadi. Muhim
import tarkibi esa kimyoviy mahsulotlar, to'qimachilik, neft mahsulotlari va qish
mavsumida sabzavot, tropik hamda subtropik mevalar, yong'oqlar va oziq-ovqat
mahsulotlari hisoblanadi.
44 https://www.worldatlas.com/articles/the-largest-banks-in-canada.html