XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 153 - choragiga kelib esa bu ko‘rsatkich 26,222 mlrd. yevro qiymatida past daraja qayd
etgan.
Nufuzli banklari
Crédit Agricole (CA)
BNP Paribas
Société Générale
Caisse d'Epargne (CE)
Banque Populaire (BP)
Crédit Mutuel
65
2.4.7. Tashqi savdo munosabatlari Fransiya Buyuk Yettilik a‘zosi bo‘lib kengayib borayotgan xizmatlarga
asoslangan
rivojlangan
iqtisodiyotdir.
Bu
mamlakatning
tashqi
savdo
munosabatlarini ma‘lum bir summadan past bo‘lmaslik majburiyati bilan eksport-
import aloqalarida juda faol bo‘lishini taqozo etadi. Jahon qtisodiotining juda
noqulay bir davrida fransiya AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya bilan bir tomonda
shuningdek, Kanada, Polsha, Rossiya va BRICS a‘zolari, Turkiya, Saudia Arabiston
mamlakatlari bilan alohida savdo-iqtisodiy munosabatlar olib borishiga majbur
bo‘lmoqda. Ba‘zan bu mamlakat AQSh va Rossiya o‘rtasidagi (tarixdagi eng tuban
diplomatik aloqalar davri) vositachi sifatida ham paydo bo‘lib turmoqda.
Frantsiya iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqida Germaniyafan keyin ikkinchi o'rinni
egallaydi. Mahsulot uchun tashqi savdo balansi 1992 yildan 2001 yilgacha profitsit
bilan ta'minlangan va 1998 yilda 25,4 milliard AQSh dollarga yetdi; Biroq, 2000
yilda frantsuz savdo balansi iqtisodiy inqirozga uchrab 2003 yilda 15 milliard
AQSh dollarlik defitsitga erishdi. 1998 yilda yalpi savdo 730 milliard AQSh
dollarni yoki YaIMning 50 foizini tashkil etgan edi. Hozirda Frantsiyaning Yevropa
Ittifoqi davlatlari bilan savdo munosabatlari 60 foizini tashkil qilmoqda.
65 https://www.french-property.com/guides/france/finance-taxation/banking/which-bank/