XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 426 - qutulish uchun yagona Yevropa Ittifoqi mamlakati bilan hamkorlik qilish bo'ldi.
O'rta muddatli Polshada sarf-xarajatlarni qisqartirish bo'yicha hukumatning bo'sh
moliyaviy siyosati tufayli, Yevropa Ittifoqining rivojlanish jamg'armalaridan eng
yirik qarz oluvchi mamlakat sifatida iqtisodiy o'sish sur'atlariga sezilarli ta'sir
ko'rsatishi kutilgan edi.
4.1.3. Qishloq xo'jaligi, o'rmonxo’jaligi va baliqchilik Polshaning qishloq xo'jaligi o‘rtacha rivojlangan bo‘lib, unda yetishtiriladigan
mahsulotlar asosan xususiy fermer xo'jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu fermer
xo'jaliklarining aksariyati 5 gektardan 12 gektargacha bo‘lgan yerlarga egalik qiladi.
So‘nggi yillarda Polshaning ushbu sohadan daromadi pasayib ketdi, chunki sanoat
mahsulotlari narxi ko'tarildi va G'arbiy Yevropadan olib kelingan qayta ishlangan
oziq-ovqat mahsulotlari sifat jihatidan Polsha mahsulotlarini bozordan siqib chiqara
boshladi.
1989 yildan keyin davlatning ko'plab fermerlari inqirozga yuz tutdi, natijada
qishloq xo'jaligida ish bilan band bo'lganlarning ulushi qisman fermer xo'jaliklarini
tugatish, qishloq xo'jaligi ishchilarining qarishi va 90-yillarning boshida yuz bergan
qurg'oqchilik tufayli kamayib ketdi. Shunga qaramay Polsha bugungi kungacha
jahonda kartoshka va don mahsulotlari yetishtiruvchi yirik yettita davlatdan biri
bo'lib qolmoqda. Shuningdek, boshqa asosiy ekin sifatida bug'doy yetishtirish ham
yaxshi rivojlangan bo‘lib u ekiladigan asosiy hududlar Quyi Sileziya, Kichik Polsha
pasttekisligi, Quvayvi, Vistula deltasi va Lyublin hududlaridir. Qishloq xo‘jaligida
asosiy muammo sifatida esa tuproqning sifati o'zgarib turishi hamda Polshaning
markaziy va shimoliy qismida katta miqdordagi yer maydonlarining nisbatan
unumsiz yerlar ekanligini keltirishimiz mumkin
265
.
Bugungi kunda mamlakatdagi mehnatga yaroqli aholining 12,7 foizi qishloq
xo'jaligida band bo‘lib, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 3,8 foizni
tashkil etmoqda. Sanoat sektoridan farqli o'laroq, Polshaning qishloq xo'jaligi o‘tgan
265 265 https://www.britannica.com/place/poland/Agriculture-forestry-and-fishing