Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə442/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 495 - 
iqtisodiyot diversifikatsiya qilina boshladi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar 1997 yil 
bahorida yangi hukumat ostida o'tkazildi. 1998 yil iyul oyida UDF rahbarligi ostida 
hukumat va XVF qariyb 800 mln. AQSh dollari miqdoridagi uch yillik kredit 
bo'yicha kelishuvga erishdi. 1998 yil iyun oyida tugagan 14 oylik stend-by 
shartnomasini qaytadan yangilandi. Kredit mablag‘lari moliyaviy bozorlarni 
rivojlantirish uchun yo‘naltirildi. Ijtimoiy xavfsizlik dasturlarini takomillashtirish, 
soliq tizimini mustahkamlash, qishloq xo'jaligi va energetika sohalarini isloh qilish, 
savdo-sotiqni yanada erkinlashtirishga oid islohotlar olib borildi. Yevropa 
Komissiyasi 2002 yilgi hisobotida Bolgariyani bosh vazir Ivan Kostov 
hukumatining bozorga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirishi bo'yicha 
erishilgan yutuqlarni e'tirof etib, mamlakat iqtisodiyotini bozor mexanizmlarida 
ishlaydigan iqtisodiyot deb tan oldi
311

4.4.3. Qishloq xo'jaligi, o'rmon xo’jaligi va baliqchilik
Sobiq ittifoq davrda Bolgariya qishloq xo'jaligi markazlashgan bo'lib,
tarmoqlar davlat to‘g‘ridan –to‘g‘ri aralashuvi va boshqaruvi bilan ajralib turardi. 
Postkommunistik davrda qishloq xo'jaligi yerlarini xususiy mulkdorlarga qayta 
tiklash jarayoni sekinlik bilan samaradorlikni ta'minladi. 2004 yilga kelib 
Bolgariyaning qishloq xo'jaligi sohasidagi ishchi kuchi va ishlab chiqarishning 98 
foizi xususiy, shu jumladan, yirik xususiy kooperatsiya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri 
keldi. Aholining ayrim qismlari uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan kichkina 
uchastkalarda dehqon xo'jaligining bevosita iste'moli uchun oziq-ovqatning katta 
miqdori ham ishlab chiqarila boshladi
312

2000-2003 yillarda qurg'oqchilik qishloq xo'jaligida o‘sish cheklab qo'ydi va 
2005 yildagi suv toshqini sohalarga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Bolgariyaning asosiy dala 
ekinlari bug'doy, jo'xori va arpa hisoblanadi. Asosiy sanoat ekinlari esa shakar 
lavlagi, kungaboqar va tamaki hisoblanadi. Pomidorlar, bodringlar va qalampirlar 
eng muhim sabzavot eksporti hisoblanadi. Bolgariyaning eng kata qismi meva 
311
 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/blg/html 
312
https://www.britannica.com/place/bulgaria/Agriculture-forestry-and-fishing 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin