Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə611/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   607   608   609   610   611   612   613   614   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 682 - 

Makroiqtisodiy va fiskal boshqaruvga, investitsion muhitga, aloqa va 
moliyaviy integratsiyaga qaratilgan o'sish va raqobatbardoshlik; 

Inson kapitali, qashshoqlik va birgalikdagi farovonlik, ta'limning tengligi 
hamda sifati, ko'nikmalari, integratsiyalashgan sog'liqni saqlash, demografik 
ko'rsatkichlar va mintaqaviy kapital migratsiyasini qamrab oladi. 
Rossiya hukumati moliyaviy konsolidatsiya yo'lida qolmoqda. Kam sarf-
harajatlar va yuqori daromadlar ortida 2017 yilning dastlabki yetti oyida umumiy 
hukumat o'tgan yilning shu davridagi 1,8 foiz kamomad bilan solishtirilganda yalpi 
ichki mahsulotga nisbatan 0,8 foiz miqdorida profitsitni qayd etdi. 
2017 yilning birinchi yarmida ishsizlik darajasi biroz pasaygan, inflyatsiya 
darajasi past bo'lgan. 2019 yilgi umumiy byudjet kamomadi yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 1,9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Iqtisodiy nuqtai nazar 
Yangi fiskal qoidalar 2019 yilda to'liq kuchga kiradi. Ushbu qoida bo'yicha 
asosiy xarajatlar neft va gaz daromadlaridan 40 dollarlik barrel neft narxiga (real 
narxlarda, 2017 yil narxlariga asosan) va bashoratga ko'ra, neft / gaz tushumlari 
oshishi kutilgan. Neft narxi oshishidan olinadigan daromadlar zaxira jamg'armasi 
bilan birlashtiriladigan Milliy farovonlik fondi tarkibida jamlanadi. 
Jahon Bank global hamkorlikni kuchaytirish sharoitida Rossiya iqtisodiyotini
2018 yillardagi 1,7% va 2019 yilda 1,8% gacha pasayishini bashorat qilgan. Rossiya 
Moliya vazirligi, Jahon banki bilan hamkorlikda, Rossiyaning to'rtta hududida - 
Oltoy o'lkasi, Perm o'lkasi, Moskva va Bashkortostan Respublikasida byudjet 
jarayonida 
mas'uliyatli 
fuqarolikni 
va 
yanada 
ko'proq 
ishtirok 
etishni 
rag'batlantirishga qaratilgan tashabbusni sinovdan o'tkazdi. Ushbu tashabbus 
doirasida oliy o'quv-yurtlari talabalari byudjetga oid masalalarni real jarayonlardagi 
tajriba asosida rivojlantirmoqda
436

436
 
http://www.worldbank.org/en/country/russia/overview#3 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   607   608   609   610   611   612   613   614   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin