XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 845 - 5.9.3. Qishloq xo'jaligi, o'rmonxo’jaligi va baliqchilik 1991 yildan buyon qishloq xo'jaligini rivojlantirish yer melioratsiyasi va
botqoqlarni drenajlash sxemalari bilan chambarchas bog'liq. XXI asrning boshlarida
qishloq xo'jaligi yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan kam ulushni tashkil etdi va
iqtisodiy faol aholining o'ndan bir qismini ish bilan ta'minladi. Asosiy tendentsiyalar
go'sht va sut yetishtirish, zig'ir, shakar lavlagi, kartoshka va sabzavotlar
yetishtirishga qaratilgan. Jami ishlab chiqarishning katta qismi yem-xashak ekinlari,
g'alla (arpa va javdar) hamda dukkakli ekinlardan tashkil topgan; qolgan qismi
kartoshkani boshqa turlari va eksportbop sabzavotlardan iborat. Chorvadorlikda sut
chorvali va qora molchilik alohida e'tibor beradigan qishloq xo'jaligining yetakchi
tarmog'i hisoblanadi. Ko'plab ekinlarni yetishtirish mexanizatsiyalashgan, ammo
kuzgi hosil paytida katta miqdorda qo'l mehnaty talab etiladi.
Litva uzoq vaqt davomida oziq-ovqat mahsulotlarining kichik hajmda
bo‘lsada, aniq va ishonchli eksportchisi bo'lgan. 1990 yillar boshida fermerlikni
xususiylashtirish barcha sobiq kolxoz va markazlashgan xo'jaliklarini tugatish
to'g'risidagi qaror bilan boshlandi. Ayrim xususiy fermer xo'jaliklari mustaqillikka
erishgandan so'ng darhol paydo bo'ldi, ammo, bu jarayon keyinchalik sekinlasha
boshladi. Loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha muammolar mavjud emasligiga
qaramasdan, kichik fermer xo'jaliklariga mos jihozlar yetarli darajada ta‘minlash
murakkab edi. 90-yillarning oxirida xususiy fermer xo'jaliklari davlat fermalaridan
ko'paydi. Ushbu fermer xo'jaliklarining aksariyati ixtisoslashtirilmagan va ekinlar
hamda chorvachilikka asoslangan aralash ishlab chiqarishga jalb qilingan edi
553
.
Litva uchun qishloq xo'jaligi sektori hali ham muhim ahamiyatga ega.
Chunki, ushbu sector umumiy ish kuchining qariyb 3.3 foizini tashkil qilib oziq-
ovqat sanoatida hosilni qayta ishlash uchun muhimdir. 2008 yilda umumiy ekin
maydoni 1,8 million gektarni tashkil etgan. Bug'doy va tritikale fermer
xo'jaliklarining eng mashhur mahsulotidir. 1990-yillarga nisbatan chorva va
parrandalar soni ikki baravar kamaydi. 2017 yil boshida Litvada yirik qoramol soni
553 https://www.britannica.com/place/lithuania/Agriculture-forestry-and-fishing