Xorijiy tilni o’rganishda so’z boyligining ahamiyati



Yüklə 74,17 Kb.
səhifə1/10
tarix09.05.2023
ölçüsü74,17 Kb.
#109940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
B2 DARAJADAGI O’QUVCHILARGA LEKSIKANI O`RGATISH UCHUN MASHQLAR TAYYORLASH




MUNDARIJA:



  1. XORIJIY TILNI O’RGANISHDA SO’Z BOYLIGINING AHAMIYATI……………………………………………………………….3

  2. B2 DARAJADAGI O’QUVCHILAR SO’Z BOYLIGI XUSUSIYATLARI………………………………………………...………..9

  3. B2 DARAJADAGI O’QUVCHILARDA LEKSIKANI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI…………………………….……………………16

  4. B2 DARAJADAGI O’QUVCHILARGA MOS INGLIZ TILI LEKSIKASINI OSHIRUVCHI MASHQLAR VA ULARNING QO’LLANILISHI…………………………………………………………..26

  5. SO’Z BOYLIGINI OSHIRISHDA BOWQA TIL KO’NIKMALARINING O’RNI……………………………………………...……………………….30

XULOSA……………………………...……………………………………34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………..36

  1. XORIJIY TILNI O’RGANISHDA SO’Z BOYLIGINING AHAMIYATI

Til o’rganish kishilik jamiyatida bag’oyat muhim sohalardan hisoblanadi. Aloqa vositasi bo’lmish tilni tabiiy muhitda ( oilada, jamiyatchilik orasida) yoki uyushgan holda darsda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o’rganiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ko’p tillilik (poliglossiya) ulkan ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston respublikasida tahsil oladigan o’quvchi va talabalr odatda uch tilni o’rganadilar. “ Idrokli yoshlarimizning ko’pchiligi uch til egasidir”1. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi: ona tili, ikkinchi til va chet til. Ona tili tafakkur xizmatida alohida xizmat o’taydigan birinchi tildir. Ruhshunoslar e’tirofiga binoan “tafakkur – verbal”, ya’ni fikrlash so’z bilan chambarchas bog’liq, so’z – tushuncha ifodalovchisi. Ona tili so’zlari zaminida o’zlashtirilgan tushunchalarikkinchi yoki chet til o’rganish chog’ida o’zga til so’zlarining tovush va yozuvdagi timsolida gavdalanadi. Ona tili, ikkinchi til va chet tilde o’rganiladigan so’z (mas. non – хлеб – bread ) midqogap uchta, biroq ular ifodasida shakllanuvchi tushuncha esa yagona: “ un mahsulotlaridan xamir qorib, tandir, o’choq yoki gazda pishiriladigan, yopiladigan yegulik, tirikchilik uchun zarur narsa”. 1
Xullas, tushuncha, tilshunoslar ta’biri bilan aytganda, umuminsoniy, baynalmilal hodisadir, so’zning fonetik va grafik timsoli esa milliydir. O’z tilida shakllangan tushunchalarni o’quchi / talaba endi o’rganilayotgan o’zga til so’zlari bilan fikran bog’laydi. Binobarin, til o’rgatish ruhshunosligining yirik mutaxassisi professor Boris Vasil’yevich Belyayevning “chet tilda tafakkurni shakllantirish”ga doir ilmiy mulohazasi2 namaqbuldir, zero turli tilda ifodalangan fikr uyg’unligi kuzatiladi.

Yüklə 74,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin