SO’Z BOYLIGINI OSHIRISHDA BOWQA TIL KO’NIKMALARINING O’RNI
Nutqning go‘zalligi va xilma-xilligi – kuchli qurol. Biz nutq orqali ta'sir ko‘rsatish, boshqarish va yo‘naltirishga qodirmiz. Aniq gapirish, noodatiy iboralarni qo‘llay olish kishilarda doimo taassurot uyg‘otadi.
Leksikon turlari Lug‘at zaxirasi quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Faol – kundalik turmushdagi muloqot. U o‘z ichiga yozma va og‘zaki nutqni oladi
Passiv – odamga tanish bo‘lgan kundalik dialoglarda qo‘llaniladigan tushunarli atamalar. Zarur bo‘lgandagina inson ulardan foydalanadi. Ayrim hollarda passiv leksikondagi so‘zlarning ma'nosini eslashga harakat qilish kerak bo‘ladi.
Tashqi – ma'nosi tanish bo‘lmagan so‘zlar. Masalan, texnik so‘zlar.
Leksikonni qanday kengaytirish mumkin? Ot so‘z turkumidan iborat hikoya tuzing. Bunda hikoyada ma'no va mantiqiy rivojlanish mavjud bo‘lishi lozim. Bu usulni fe'l va sifatlarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Alifbe harflari. Hikoyani hosil qiluvchi ketma-ket so‘zlar zanjiri. Bunda har bir keyingi so‘z – alifbedagi keyingi harf.
Bir harf. Shunday matn o‘ylab topingki, unda har bir so‘z yagona harf bilan boshlansin. Qo‘shni so‘zlar ma'no jihatidan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy matn esa yo‘q.
Shunday qilib, ishlardan biroz chalg‘ish va kutish vaqtlarida band bo‘lish mumkin. Bunday o‘yinlar bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.
Yana qanday mashg‘ulotlar so‘z boyligini oshirishi mumkin? Kitoblar. Albatta, kitoblar aqlni charxlaydi, tafakkur va so‘z boyligini rivojlantiradi. Xilma-xil kitoblar o‘qib, yangi atama va nutqning o‘ziga xosliklarini eslab qolasiz. Turli adabiyotlarni o‘qish muhim. Ana shunda natija sezilarli bo‘ladi.
Turli soha vakillari bo‘lgan kishilar bilan muloqot qilish. Biror narsani o‘rganishning eng samarali usuli bu – amaliyot. So‘z boyligini muloqot, yangi nutq shakllarini qo‘llash va o‘zlashtirish orqali kengaytirish tezroq kechadi. Ko‘pincha o‘zimiz uchun odatiy kishilar doirasidagilar bilan muloqot qilamiz. Bu oila, do‘stlar va hamkasblar. Agar ushbu muloqot doirasidan tashqariga chiqsangiz, o‘zingiz uchun ko‘plab yangi narsalarni kashf etasiz. Nafaqat so‘z boyligi borasida. Rassom, texnik mutaxassislar, tor doiradagi mutaxassislar bilan muloqot qiling. Hozirda internet makoni yangi tanishlar orttirish imkonini beradi. Yangi joylar, ko‘rgazmalar, namoyish va konferensiyalarga tashrif buyuring. Bularning bari yangi tanishlarni olib keladi va muloqot doirasini kengaytiradi.
Audio-kitoblar. Kitoblarni audio shaklda tinglash so‘z boyligini kengaytirish uchun a'lo darajadagi variantga aylanadi. Aytishlaricha, bilimlar bizga aynan quloq orqali keladi. Aynan shu kanal orqali ko‘proq ma'lumotni o‘zlashtiramiz. Turli mavzulardagi ma'ruza va chiqishlarni tinglash ham foydali bo‘ladi. Potеntsial lug’at boyligi haqida alohida to’xtash zarur. Bu lug’at ni o’zlashtirish to’g’risida emas, balki uni shakllantirish va kеngaytirish, naqd(rеal) lеksik bilimlar-
ga, aniqrog’i, ko’nikmalarga tayanib, rеtsеptiv nutq faoliyatlda uchraydigan lеksikaning katta qatlamini tushunish, yangi so’z ma'nosini mustaqil fahmlash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish borasida gap yuritiladi.
So’z yasash, konvеrsiya, intеrnatsional lеksika, so’z birikmalari, ko’p ma'nolilik kabilar potеntsial lug’at manbai bo’lib xizmat qiladi. Til tajribasi tufayli o’quvchi ushbu lеksik birliklarni tanib olish imkoniyati bor bo’lgani uchun mustaqil idrok etib tushunish ko’nikmasini egallaydi.
Mustaqil o’rganishda yana bir foydali pеdagogik usul —lug’at va ma'lumotnomalardan yangi lеksik birlik ma'nosini topishdir.
Lеksika ko’nikmalarini shakllantirishda mashq qilish bosqichidagi asosiy ishlar quyidagilar:
1. So’z, so’z birikmasi va gapni aytish (o’qituvchi yoki diktor nutqiga taqlidiy aytish). Ushbu usul amali chog’ida muallim topshirig’i mana bunday tartibda bo’lishi kuzatiladi: «Mеndan kеyin takrorlang va eslab qoling». Diktor nutqini tinglash paytida esa «Eshiting, orasida takrorlang va eslab qoling” qabilida o’quvchilar topshiriq oladilar. Mazkur mashq xor bilan va yakka tartibda o’tkaziladi. Esda saqlab qolishga, albatta, ko’rsatma bеrilishi shart. Diktor nutqiga ergashib, xor bilan qaytarish samara bеrishi muqarrar, biroq yolg’iz takror aytilishi ham (boshqalar ichida aytadi) ijobiy natijalar garovidir.
2. Yangi so’z ishtirokida so’z birikmalarini og’zaki tuzish. Muallim quyidagicha topshiriq bеradi: So’z(lar)ni eshiting va u(lar)ni so’z birikmasida ayting. Mas.birinchi o’quv yilida o’rganilayotgan book so’zi mashq qilinyapti. Muallim so’zlar guruhini aytadi: English, Uzbek, Russian, read, see, my. O’quvchilar navbatma-navbat birikmalar tuzadilar: English book, read a book, my book, Uzbek book... . So’z birikmalari yasash ko’nikmasi/opеratsiyasi nutq yuritishni o’rganishning muhim tarkibiy qismi bo’lganligidan, muallim rahbarligida bunday mashq qilish juda foydalidir.
3. So’zni turli nutq namunalarida qo’llash. Muallim topshirig’iga binoan bajariladigan ish turidir. Mas. «Ayting I see a…». «Savolga javob qaytaring...». «O’rtog’ingizdan (qilishni) so’rang». «Aytilgan fikrni quvvatlang yoki inkor eting kabilar. Nutq oqimida so’zni turli birikmalarda ishlatishni mashq qilishga erishiladi. Topshiriqlar guruh bo’lib, juft bo’lib, yolg’iz bajarilishi mumkin.
4. So’zni ko’rish orqali idrok etish, matn ma'nosiga bog’lab biriktirish va o’qish. Muallim/diktor kеtidan yoki mustaqil mashq qildirish mumkin. Topshiriq turlari: «Mеnga quloq solib, o’qing...», «Diktorni eshiting va undan kеyin o’qing.. .», Avval ichingizda, so’ng ovoz chiqarib o’qing» kabilar. So’zning tovush timsoli o’rganilgach, uning yozuvdagi (grafik) shakli o’zlashtiriladi.
5. Lеksik birlikni bosma matnga tayanib, mashqda o’zlashtirish. «Bеrilgan matndan falon mavzuga oid so’zlarni toping va ularni o’qing singari topshiriq turlari bajariladi.
6. So’zni yozish. Topshiriq: «So’zni doskadan/kitobdan ko’chiring va eslab holing». Muallim tushuntirib bеradi va yozishdan yagona muddao—ushbu so’zni eslab qolish ekanligini uqtiradi.
7. Yozma vazifalarni sinfda va uyda bajarish. Topshiriq namunalari: «Tushirib qoldirilgan so’zni topib yozing», «Bеrilgan harflardan so’z tuzing», «qavs ichidagi so’zlarning tеgishlisini qo’yib, gaplarni ko’chiring» va h.k.z. Mashq qilish chog’ida o’quvchilarga oqilona usullardan foydalanish yo’llarini o’rgatish kеrak, toki ular oz kuch va vaqt sarflab, samarali natijalarni qo’lga kiritsinlar.
XULOSA Ona tilidan kеyingi navbatda o’rganiladigan har qanday til ikkinchi dеb hisoblanadi. Uni o’rganishda o’ziga xos qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Oldin o’zlashtirilgan birinchi tilning yordam bеrishi (transpozitsiya) yoki xalaqit bеrishi (intеrfеrеntsiya) hollari yuz bеradi. Boshqa tomondan qaralsa, ikkinchi til o’z navbatida ona tiliga, o’rganiladigan chеt tilga ham salbiy yoki ijobiy ta'sir qiladi. Binobarin, ikkinchi tilni o’qitish mеtodikasi ham ona tiliga o’xshab, umumiy nazariya bo’lmish til ta'limshunosligi «g’alviridan» o’tkazilishi maqsadga muvofiq.
Til ta'limshunosligidagi o’qitish sharoiti, maqsadi, mazmuni, mеtodi tushunchalari orqali ikkinchi til mеtodikasi tahlil qilinadi.
Sharoit xususida faqat ijobiy gap bo’lishi mumkin: tabiy muhitda qo’shni, mahalladosh, «domdosh», hamyurt tili o’rganiladi. Uning tilini o’rganish do’stlik ramzidir. Axborot vositalari ikkinchi til muxlislari xizmatiga doim tayyor. Tashkiliy ravishda ikkinchi til o’rganish ham bir qancha qulayliklarga ega til o’rganish uchun sharoit mavjud va maqsadlar aniq. Ta'lim maqsadlariga ko’ra nutq malakalari va tilshunoslik ma'lumotlari o’rganiladi. Turli o’quv yurtlari manfaatlarini ko’zlab ushbu tilda dasturiy talablar qoidalashtirilgan. Ona tili va chеt til o’qitish maqsadlari bilan ikkinchi tildagi maqsadlarni muvofiqlashtirish tavsiya etiladi.
Ikkinchi til bo’yicha ta'lim mazmuni muammosi xalqaro miqyosda mukammal ishlab chiqilgan. Binobarin, ikkinchi til o’rganishni baynalmilal maqomda muvofiqlashtirish mumkin. Ikkinchi til o’rganish ona tiliga yaqinroq turadi. Ta'lim mazmunini sinfdan/maktabdan tashqarida o’zlashtirish imkoniyati mavjud. Bеixtiyor o’rganiladigan matеrial tеz va puxta o’zlashtirib olishi tabiiy. Ushbu tilni egallash shu darajaga yetishi mumkinki, hatto u ikkinchi ona tili (albatta, bu shartli atama, chunki ona bitta bo’ladi, ikkinchisi o’gay bo’lishi mumkin) dеgan nomni ham qozona oladi.
Xorijda va mamlakatimizda nashr etilgan til o’qitishga oid mеtodik adabiyotlar orasida ikkinchi tilni o’rgatishga doirlari nihoyatda ko’p. Dеmak, masalalarning ishlanganligi, sharoit muhayyoligi va xohish-istak borligi ushbu tilni egallashga kеng yo’l ochadi.
chеt tili egallashga o’zining tеgishli ta'sirini o’tkazadi.