Ogahiyning tarjimachilik borasidagi mahorati xususida ko‘p yozilgan, hali ko‘p yozilajak. Ayniqsa, filologiya fanlari doktori, ogahiyshunos olim professor Najmiddin Komilov tadqiqotlari benihoya ulkan tahsinga loyiq. U kishi Ogahiy tarjimalarini asl nusxalar, boshqa tarjimalar bilan solishtirib, hazrat iqtidoriga, qoyil qolib, nihoyatda yuksak baho bergan. N.Komilovni Ogahiyning tarjimonlik faoliyatini ipidan ignasigacha o‘rgangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, prof. N.Komilov nafaqat nomzodlik, balki doktorlik dissertatsiyasini ham hazrat Ogahiy ijodiga bag‘ishlagan ustod hisoblanadi.
Mavzu:Ogahiyning “Tavizu-l-oshiqin” devoni tahlili.
Ogahiy “Ta’viz-ul oshiqin” devoni debochasida “Saodatlik asrining yoqimli, uslubi chiroyli bayon fozillariga va sharofatlik zamonining shirin tillik shoirlariga diqqatli she’rlari va nazokatga yaqin nazmlari baxshishligi uchun mo‘l in’omlar, xursandlik va ko‘p ehsonlar bilan bahramandlik yetkarib, qadru martabada o‘zgalardan aziz va mo‘‘tabar, izzat va shavkatda o‘zga odamlar orasida quyoshdek porloq va sarbaland qildi”, deya o‘zining qadri balandligidan shodmonlik tuyg‘usini izhor qiladi.
Mavzu:Ogahiyning “Tavizu-l-oshiqin” devonidagi adabiy janrlarni o‘rganish.
Ey, keldi fununu ilm taslim sanga,Qilmoq manga lozim o‘ldi ta’zim sanga.Garchi yo‘q edi quvvat ayoqimda, vale,Keldim bosh ila olg‘oli ta’lim sanga.Shoirning g‘azaliyoti, uning nazm nahri, yurtga jon baxshida etib turgan Jayhunga mengzaydi, gahi shiddatli, gahi sokin, gahi sho‘x, gahi mahzun oqadi. Daryolar qay tarzda oqmasin, ular elu elatlarga hayot baxshida etib turadilar. Nainki yozish, hatto ba’zi birovlarning umr mobaynida o‘qib chiqishga ham vaqti yetmaydigan darajada sermahsullik hamma ijodkorlarga-da nasib etavermaydigan noyob baxtdir.
1826 yildan sipohiylik – harbiy xizmatda bo‘lgan davridayoq elga shoir bo‘lib tanilgan, Xiva adabiy muhitida tilga tushgan Muhammadrizo Ogahiy xon saroyida mirza bo‘lib ishlay boshlaydi.