Mavzu:Ogahiyga bag’ishlangan “Atoqli shoir,tarixnavis,tarjimon”maqolalar to’plamini mutolaa qilish.
Muhamad Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri bo‘lib, Navoiydan keyin “eng ko‘p va xo‘b” she’r aytgan shoirlardandir. 1998-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga asosan shoirning 190 yillik tavallud sanasi nishonlandi. Mazkur “Atoqli shoir, arixnavis, tarjimon” maqolalar to‘plami mazkur sanaga bag‘ishlangan bo‘lib, Ogahiy ijodi va faoliyatini o‘z ichiga qamrab olib, uning shoirlik, tarixnavislik va tarjimonlik iqtidorini tadqiq qiluvchi maqolalardan tartib berilgan. Maqolalar tarixiy manbalarga boyligi bilan diqqatga sazovordir.

Ogahiy she’riyati haqidagi “Ogahiy xazinasi-tuyg’ular anjumani”(Matnazar Abdulhakim)maqolasini o’rganish.
Muhammad Rizo Ogahiy o‘z ijodining salmog‘i bilan Navoiy va Boburdan keyingi o‘zbek adabiyotining eng iste’dodli, sermahsul namoyandasi bo‘lib, xilma- xil janrlarga mansub boy she’riyati, katta iste’dod mevasi bo‘lgan o‘nlab tarjimalari hamda tarixiy asarlari bilan adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Mavzu:Istiqlol davrida ogahiyshunoslik.
Akademik G’.G’ulom “Mamlakatimizning boshqa xalqlari kabi, o’zbek xalqi ham o’zining asrlar davomida yaratilgan boy, o’ziga xos madaniyatiga ega. Bu erdan fan, adabiyot va san’atning qator ulug’ arboblari etishib chiqqanlar. Shuni aytib o’tish kerakki, keyingi yillarda hech qanday asossiz Lutfiy, Otoyi, Sakkokiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Munis, Ogahiy, Feruzlarning ijodi o’rganilmayotir, biz faqat Navoiy, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Avaz kabi shoirlar ijodini o’rganish bilan cheklanib qolganmiz” – degan edi. Shundan keyin “Ogahiyshunoslik” fani vujudga keldi, 1958 yilda Xivaga Toshkentdan Subutoy Dolimov (1907-1991) kelgan, u zo’rg’a Ogahiy va Munisning qabrini topgan. 1959 yilda G’.G’ulom, Ibrohim Mo’minov, Qori Niyoziy, Zulfiya, Uyg’un, Ayyomiy, Subutoy Dolimov, Egam Rahim, Quvomiddin Munirov kelgan. Shundan keyin Ogahiy bog’i, qabri tiklandi va uning 150, 180, 190 yillik to’ylari bo’lib o’tdi, yaqin kunlarda shoirning 200 yillik to’yi davlatimiz miqyosida keng nishonlanadi.