Xo’sinova Munira Mavzu: Ogahiyga bag’ishlangan “Atoqli shoir,tarixnavis,tarjimon”maqolalar to’plamini mutolaa qilish


Mavzu:Ogahiy ijodida turkiy she’riyat an’analari



Yüklə 78,87 Kb.
səhifə4/8
tarix26.06.2023
ölçüsü78,87 Kb.
#135182
1   2   3   4   5   6   7   8
XO\'SINOVA Munira

Mavzu:Ogahiy ijodida turkiy she’riyat an’analari.

«Ta’vizul-oshiqinda» ilohiylik va dunyoviylik aralash holda kelsa, «Ash’ori forsiy»da mazkur ohanglardan bittasi, ya’ni ilohiylik ohangi yetakchilik qiladi. Albatta, ilohiylik ruhida tarbiya topgan inson ijtimoiy-siyosiy qarashlardan chetda qolmaydi. Sharq she’riyatida bu ikki jihat bir-birini inkor emas, balki taqozo qiladi. Odam ibodat qilarkan, hatto ibodat mobaynida ham dunyoviy tashvishlarini xotiradan faromush qila olmaydi, balki bu jihatlarga ilohiy kayfiyatdan kelib chiqib, munosabatda bo‘ladi, xolos.

Mavzu:Ogahiy asarlarining adabiyot tarixidagi o‘rni.

Ogahiyning bitta asardagi, bitta jumlasidagi mahorati. Ogahiy tarjimalarini ilmiy o‘rganish bizga katta maktab vazifasini o‘tash bilan birga tarjimashunoslik sir-asrorlaridan voqif qiladi, badiiy va ilmiy salohiyatimizning yanada sayqallashishiga yordam beradi. Hazrat mumtoz asarlarni turkiyga o‘girib, o‘zbek adabiyoti xazinasining boyishiga munosib hissa qo‘shgan alloma hisoblanadi.

Iqtidorli olim Nuryog‘di Toshev “Jome ul-voqeoti sultoniy”ning Toshkent nusxasi: “Ogahiy dastxatimi?” maqolasida: “Muhammadrizo Ogahiy haqli ravishda eng sermahsul va serqirra qalamkashlar qatorida e’tirof etiladi. U yirik she’riy devon va tarixga oid 6 ta asar bitgan, bundan tashqari, 19 ta badiiy, tarixiy va boshqa janrlardagi asarlarni fors tilidan, bitta asarni usmonli turk tilidan eski o‘zbek tiliga o‘girgan. Sanalgan 27 ta asardan 23 tasi ko‘plab nusxalarda bizgacha yetib kelgan”, deb yozadi

Mavzu:Ogahiy she’riyatining mavzu ko‘lami.

“Jome’ul-voqeoti sultoniy”(1856 yil yozilgan), Sayid Muhammadxon hukmronlik davri (1856-1865) to’g’risidagi “Gulshani davlat” (1865 yil yozilgan), Muhammad Rahimxon soniy- Feruz saltanati voqealari xususida ma’lumot beruvchi “Shohid ul-iqbol” (1873 yil voqealari bayonida uzilib qolgan) deb nomlangan asarlarida, Xorazmning 1813 yildan to 1873 yilgacha oltmish yillik tarixi, diniy vaziyat, vohada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, iqtisodiyot va qishloq xo’jaligi, shahar qurilishi va sug’orish ishlari, kasbu hunar va boshqa ko’plab voqealar yilma–yil, oyma –oy izchillik bilan bayon etiladi.


Yüklə 78,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin