Xotira reja: Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari. Xotiraningpsixologik nazariyalari. 3 Xotira jarayonlari va turlari. Xotiranio`rganishmetodlarivaamaliytavsiyalar. Tayanch tushunchalar



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə1/9
tarix25.07.2023
ölçüsü88,5 Kb.
#137371
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
XOTIRA


XOTIRA
REJA:
1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.
2. Xotiraningpsixologik nazariyalari.
3 Xotira jarayonlari va turlari.
4.Xotiranio`rganishmetodlarivaamaliytavsiyalar.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Xotira- biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni.
So‘z-mantiqiy xotira - fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslash.
Operativ xotira - inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat.

1.Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.

Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».[1]
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shundaynazariyalardanengmuhimimolekulalarningo’zgarishibilanbog’liqbo’lganbioximiknazariyadir. Bu nazariyagako’rabirornarsaniesdaolibqolishvaesdasaqlabturishmaxsustuzilishnio’zgarishibilanbog’liqdir. O’tkazilgantekshirishlargako’ra, birornarsaesdaolibqolinganda, asosannervhujayralarining (neyronlarning) dendritshoxlaritarkibidao’zgarishyuzagakeladi. Ularqandaydirboshqacharoqtuzilishgakiriboladilar.Dendritlartuzilishidagihosilbo’lgano’zgarishdarrovo’tibketadiganbo’lmay,anchamustahkambo’ladi.Shusababliesdaolibqolgannarsauzoqvaqtxotiradasaqlanibturadi.[1]
Memory is learn¬ing that has persisted over time, informa¬tion that has been stored and can be retrieved.
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi.
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi.
Xotiraning keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.[1]
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
- unutish tezligi  – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligiinsonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning saqlanish joyi – bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi.
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.[2]
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir.
Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘imiz lozim . U bizni noto‘g‘ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ri taqsimlashga, hayotimizni to‘g‘ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, o‘zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo‘lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir yomonliklarini unutishimizga qarshilik ko‘rsatadigan xam bizning xotiralar hisoblanadi.
Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol o‘ynaydi. Sizning to‘plagan bilim omboringiz, o‘tgan quvonch, g‘azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi xotira jarayonisiz mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. [2] 
Memory Be thankful for memory. We take it for granted, except when it malfunc­tions. But it is our memory that ac­counts for time and defines our life. It is our memory that enables us to recognize family, speak our language, find our way home, and locate food and water. It is our memory that enables us to enjoy an experience and then mentally replay and enjoy it again. And it is our memories that occasionally pit us against those whose of­fenses we cannot forget.
In large part, you are what you remember. Without memory, your storehouse of accu­mulated learning, there would be no savoring of past joys, no guilt or anger over painful recollections. You would instead live in an enduring present, each moment fresh. But each person would be a stranger, every lan­guage foreign, every task—dressing, cooking, biking—a new challenge. You would even be a stranger to yourself, lacking that continu­ous sense of self that extends from your distant past to your momentary present.
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida jamlanganini isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar dunyoga mashhur bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan fikrlarni isbotladilar: miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin bizga ayni damda u yoki bu masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z o‘ngida butun hayoti yashin tezligida uchib o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni beradi: balki, avval senda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon qolishing mumkin.


Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin